Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Turistik korxonada marketing xizmatining mintaqaviy tashkiloti
Download 0.76 Mb.
|
turizm marketingi .pdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kuchli tomonlari
- Funksional tashkiloti
- Mahsulot turi bo‘yicha
- Mintaqaviy
- 10.10. Marketing tuzilishini yaratishning tamoyillari
- Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar
- Mavzu 11. Turistik biznesni tashkil etish
- Korxonaning strategik maqsadlari Korxonaning strategik maqsad- larini amalga oshirish usullari
- Korxona faoliyati uchun mablag‘ (manba)lar
10.9. Turistik korxonada marketing xizmatining mintaqaviy tashkiloti. Marketing xizmatining mintaqaviy tashkiloti tarqalgan savdo tarmoqlariga ega bo‘lgan yirik turoperatorlar tomonidan qo‘llaniladi. Ular bajaradigan vazifasi doirasiga ko‘ra mustaqil bo‘ladilar va alohida milliy yoki mintaqaviy bozorlarda ish olib boradilar (10.9. rasm). Bunday tashkilot har bir aniq mintaqada tovar nomenklaturasi uncha yuqori bo‘lmagan, haridorlar o‘rtasida esa tafovutlar kuchli bo‘lganda, samarali hisoblanadi. Korxonaning marketing bo‘limi tarkibida barcha menejerlar geografik mintaqalar bo‘yicha taqsimlangan bo‘ladi. Bunday holat mintaqada bo‘lgan vaziyatni aniq kurishga imkon beradi. Mintaqaviy marketingdan butun dunyoda mashhur bo‘lgan qator kompaniyalar foydalaniladi. Yevropa lds kompaniyasining umumiy reklama buyudjetining yarmisi mintaqaviy farqlarni hisobga olgan holda taqsimlanadi: American Airlines aviakompaniyaning menejerlarga ma’lumki, Chikago va AQShning janubiy-g‘arbiy qismi aholisining talabi qishki oylarda muhim o‘zgarishlarga uchraydi. 4. Aniq segmentni hisobga olishni tasavvur qiladigan, haridorlarga qaratilgan marketing tashkiloti. Undan foydalanish uchun barcha haridorlarni xohishlari va xulqi bo‘yicha guruhlarga ajratish kerak. Bu tuzilish marketingni mahsulot belgisi bo‘yicha tashkil qilinishiga uxshaydi va huddi o‘sha modelning afzalliklari va kamchiliklarga ega bo‘ladi. Barcha sharoitlar uchun muvofiq bo‘lgan ideal tashkiliy tuzilishni topish mumkin emas. Marketing xizmatining keltirilgan har bitta shakli o‘z afzalliklari va kamchiliklarga ega (10.2 jadval). jadval Marketing xizmati tashkiliy tuzilishning kuchli va zaif tomonlari
Turistik korxonaning marketing tuzilishini tashkil etishda uni yaratishning asosiy tamoyillariga amal qilish kerak (10.10 rasm). Marketing tuzilishlari, agar korxona strategiyasini o‘zgartiradigan paytda o‘z tashkiliy shakllarini o‘zgartirish qobiliyatiga ega bo‘lgandagina, egiluvchan hisoblanishi mumkin. Buning uchun, korxona demografik, iqtisodiy, tabiiy, texnikaviy, siyosiy va madaniy omillari bilan ifodalangan tashqi muhit va ichki holati to‘g‘risidagi joriy axborotga ega bo‘lishi kerak. 10.10. Marketing tuzilishini yaratishning tamoyillari Marketing bo‘limining katta - kichikligi qo‘yidagilarga bog‘liq: • tavsiya etiladigan xizmatlar miqdoriga - haridorni o‘rganish tahlil hajmiga ta’sir qiladi; xizmatlar turiga - tahlil turiga va iste’molchilar miqdoriga ta’sir qiladi; raqiblar miqdoriga - o‘tkaziladigan ish hajmiga ta’sir etadi, ishlar bajarilishi, sotish hajmi, ulgurji va chakana siyosatini o‘rganish uchun; reklama imkoniyatlari - mahsulotni ko‘proq reklama qilish uchun yurish uchun va materiallarni qayta ishlash uchun kishilar ko‘proq kerak bo‘ladi. Bugungi kunda marketing bo‘limlari har bitta yirik turoperatorlik kompaniyada mavjuddir. Ular u yoki bu darajada marketing faoliyati, ya’ni bozor tahlili va turmahsulotni shakllantirish bo‘yicha tavsiyalarni yaratish bilan, yangi bozorlarga chiqish, raqobat afzalliklarni qidirishi va h.k. bilan, hamda turmahsulotni o‘tkazish bilan bog‘liq, ya’ni agentliklar bilan bog‘liq ko‘pgina qo‘shimcha masalalar yechimi bilan shug‘ullanadilar. Bunga seminarlarni, master-sinflarni, press-turlarni tashkil etish, ixtisoslashgan ko‘rgazmalarda va ishtirok etish va h.k. kiradi. Bundan tashqari, marketing bo‘limlari odatda tur reklamasini tuzadi va joylashtiradi, jamoat bilan aloqalar o‘rnatadi. Bunda umumbashariy masalalarni yechish - yangi mahsulotni jalb etish, yangi yo‘nalishda chiqish-firma rahbari va bir nechta top-menejerlar tomonidan amalga oshiriladi. Odatda marketing bo‘limida xodimlar soni 3-5 kishidan ko‘p bo‘lmaydi. Kichik turoperatorlik kompaniyalar, kompaniya - monooperator, turagentliklar maxsus marketing bo‘limisiz ish yuritadi. Ular xodimlardan bitta mutaxassisni undaydilar, bozor tahlili bilan esa kompaniya rahbariyati shug‘ullanadi. Marketing va savdo bo‘limlarning masalalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun korxonadagi ko‘pgina bo‘linmalarning birgalikdagi faoliyati amalga oshirilishi kerak. Tarkibiy bo‘linmalar o‘rtasidagi axborot bilan uzviy bog‘lanish - ko‘pchilik uchun an’anaviy jihatdan kuchsizdir. Kompyuterizatsiyaning eng yuqori darajasi odatda yaxshi natijalarga keltirmasligi ham mumkin. Shartli ravishda barcha to‘g‘ri aloqalarni iloji boricha va zaruriy holda lavozim qoidalarida ko‘rsatib berish kerak. Tayanch iboralar: Turistik korxona, marketing xizmati,prezident, savdo xodimlari, sotish bo‘limining rahbari, boshqa marketing vazifalari, yollanma xodimlar, yordamchi marketing, marketing bo‘yicha direktor, marketing bo‘limi rahbari, savdo rahbari, sotish, ilgariga siljitish, axborotni tayyorlash, samarali marketing kompaniyasi, jarayonlar va natijalar, marketologlar, firma bozor strategiyasi, marketing tamoyillari, tovar reklamasi, sotishni rag‘batlantiish. Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar: Marketingning firma ichidagi asosiy bosqichlarni ko‘rsatib bering. Ularning qisqa taqqoslanadigan tavsifini bering. Turistik korxonasida marketing faoliyatining tashkiliy tuzilishi nimadan iborat? Turfirma marketing xizmatining asosiy vazifalarni va masalalarni aytib bering. Turistik korxonada marketing bo‘limi tashkiliy tuzilishining asosiy turlarini tavsiflab bering. Servis va turizm sohasidagi korxonalar marketing bo‘limi tashkiliy tuzilishlarning kuchli va zaif tomonlarini sanab bering. Turistik korxonasining marketing tuzilishini tashkil etishda qanday tamoyillarga bo‘ysinishi kerak? Mavzu 11. Turistik biznesni tashkil etish Reja:
Turizmda biznes-rejasi Turistik talabni istiqbollash Turizmda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish 11.1. Turizmda biznes-rejasi Bozor iqtisodiyotida biznes-reja tadbirkorlikning barcha sohalarida qodlaniladigan go‘yo bir ish asbobidir. U firmaning ish jarayonini tasvirlab, firma rahbarlarining o‘z maqsadlariga qay tariqa erishishlarini, birinchi galda ish daromaddorligini qay tariqa oshirish mumkinligini ko‘rsatib beradi. Yaxshi ishlab chiqilgan biznes-reja firmaga o‘sib borishga, bozorda yangi mavqelarni qo‘lga kiritishga, o‘z taraqqiyotining istiqbollarini belgilab olishga, yangi xizmat turlarini yaratishga hamda modjallarm amalga oshirishning maqsadga muvofiq usullarini tanlab olishga yordam beradi. Biznes-reja doimiy hujjat bo‘lib, muntazam ravishda yangilab boriladi, unga ham firma ichida, ham umuman iqtisodiyotdagi sharoitlarga qarab ro‘y bergan o‘zgarishlar kiritiladi. Biznes-reja firmaning muayyan bozordagi faoliyatning aniq yo‘nalishini o‘rganish maqsadida o‘tkaziladigan marketing tadqiqotlar va tashkiliy ishning natijasi bodgani munosabati bilan u quyidagilarga asoslanadi: □ma,lum xizmatlar ko‘rsatishning aniq loyihasiga — yangi xil xizmatlar ko‘rsatishga; □firmaning zaif va kuchli tomonlarini aniqlab, o‘ziga xos xususiyatlarini va o‘ziga o‘xshash boshqa firmalardan farqlarini aniqlab olish maqsadida har tomonlama o‘tkaziladigan ishlab diiqarish-xo‘jalik va tijorat tahliliga; □aniq vazifalarni amalga oshirish uchun qo‘llaniladigan moliyaviy, tex nik- iqtisodiy va tashkiliy mexanizmlarga. Biznes-reja firmaning rivojlanish strategiyasini belgilab beradigan asosiy hujjatlardan biridir. Strategiyani amalga oshirish texnik, tashkiliy va iqtisodiy o‘zgarishlarning ma’lum vaqtgacha o‘zaro mahkam boQlanngan butun bir tizim sifatida tuzilgan keng investitsiya dasturlariga asoslanadi. Firmaning strategik ishida quyidagi tartib ko‘zga tashlanadi. bosqichi. Rivojlanish konsepsiyasini ishlab chiqish. bosqichi. Rivojlanishning investitsion dasturi. bosqichi. O‘rtacha muddatli davrga biznes-reja tuzish. IVbosqichi. Biznes-rejani amalga oshirishga doir chora-tadbirlar. Biznes-reja bir qancha vazifalarni hal qilishga imkon beradi, lekin bularning asosiylari quyidagilardir: firma taraqqiyoti (strategiyasi, konsepsiyalari, loyihalari) yo‘nalishlarining iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini asoslash; tanlab olingan strategiyani amalga oshirish uchun kerakli mablag‘lar manbaini, ya’ni moliyaviy resurslarni jamlash usullarini belgilash; faoliyatning kutilayotgan moliyaviy natijalarni, birinchi galda, sotuv hajmlarini, sarmoyadan olinadigan daromadlar, foydani hisoblab ko‘rish; mazkur rejani amalga oshirish oladigan xodimlarni (jamoani) tanlab olish. Rejaning har bir bandini boshqa bandlar bilan mahkam bog‘lan gan holda olib yechish mumkin, xolos. Biznes-rejaning asosiy markazi moliyaviy resurslarini jamlashdir. Kompaniya sarmoyasini ko‘paytirib borishning muhim vositasi ayni shu biznes-rejadir. Bu rejani tuzish jarayoni boshlangan ishning hamma tavsiflotlarini sinchiklab tahlil qilib chiqishga imkon beradi. Biznes-reja bo‘lg‘usi sheriklar bilan muzokaralar olib borilayotganda biznes-taklifi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, u firmaning asosiy xodimlarini taklif etishda katta rol o‘ynaydi. Quyida samarali strategiyani tanlab olish va loyihani mablag‘ bilan ta’minlovchi manbalarni jalb etish uchun kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lgan biznes-rejani tayyorlashga yordam beradigan o‘ziga xos bir namuna keltiriladi. Korxonaning strategik maqsadlari Korxonaning strategik maqsad- larini amalga oshirish usullari Korxonaning harakat qiluvchi vaziyatni tahlil qilishi Korxonaning zaif va kuchli tomonlari tahlili Xizmatlarga bo‘lgan talab - o‘sishini yoki pasayishini oldindan o‘rganish Korxona faoliyatidan kutiladigan natijalar Korxona faoliyati uchun mablag‘ (manba)lar Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling