Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «Xalqaro turizm va turizm servisi» kafedrasi
Download 2.33 Mb.
|
O‘zbekiston respublikasi oliy va
- Bu sahifa navigatsiya:
- XVIII. BOB Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish va standartlash-tirish………………………………………………………… 187
- XVIII. BOB Turistlik xizmat bozorining xususiyatlari………………... 200
- XIX.BOB Turistlik tashkilotlarda marketing strategiyasini aniqlash 215
- XX BOB Turizmga oid rasmiyatchilik va hujjatlar………………….. 219
- XXI BOB Turizm sohasida xavfsizlikning huquqiy asoslari……….….. 232
- ILOVALAR……………………………………………………………….. 246
- ADABIYOTLAR…………………………………………………………… 250 Kirish
Kirish O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasi jahon turistlik jarayonining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib, ekspertlarning tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, keyingi yillarda mamlakat turizm sohasi davlat investitsiyalarisiz va dotatsiyalarisiz mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarish hajmini oshirib borayotgan iqtisodiyot tarmoqlaridan biriga aylanmoqda. Shularni hisobga olib, turizm sohasi mamlakatlar va mintaqalar iqtisodiyotini rivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etishini va u XXI asr jahon xo‘jaligining ustuvor tarmoqlaridan biri ekanligini alohida ta’kidlash lozim. O‘zbekiston zamonaviy turizm industriyasini rivojlantirish uchun barcha zarur manbalarga ega. Buyuk Ipak yo‘li ustida joylashgan Vatanimiz qulay tabiiy-iqlim sharoitlariga, boy tarixiy, madaniy merosga va ayni paytda ham ichki, ham xalqaro turizmni rivojlantirish uchun yuqori salohiyatga ega. Zamonaviy turistlik tashkilot va korxonalar bugungi kunda yangi axborot tizimlari, kompyuter texnologiyalaridan foydalanuvchi texnika bilan ta’minlangan yuqori texnologiyali ishlab chiqarishga ega. Hozirgi davrda mamlakatni iqtisodiy modernizatsiyalash bosqichida turizm va mehmondo‘stlik industriyasi sohasidagi yechimini kutib turgan masalalar qatorida, turizm industriyasi mehnat bozorida ishlovchi xodimlarga qo‘yiladigan malakaviy talablarga javob bera oladigan kadrlarni tayyorlash dolzarb masala bo‘lib turibdi. Shularni hisobga olib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Samarqand iqtisodiyot va servis institutini tashkil etish to‘g‘risida» gi qaroriga asosan Samarqand iqtisodiyot va servis institutida turizmning ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash belgilandi. Hozirgi paytda ushbu o‘quv dargohda «Turizm marketingi», «Turizm menejmenti», «Turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirish», «Servis (turizm va mehmonxona xo‘jaligi)» ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda. Bundan tashqari, Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetining «Xalqaro turizm» fakulteti va qator turizm kasb-hunar kollejlari bu ishga o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar. Bu o‘quv maskanlarning namunaviy o‘quv rejalariga muvofiq umumkasbiy fanlar blokidan tashqari, ixtisoslik fanlar blokida o‘qitiladigan fanlar qatorida turgan «Turizm asoslari» fani ham ahamiyati jihatidan ixtisoslik fanlarining alifbosi bo‘lib hisoblanadi. Ushbu kursning yangiligini nazarda tutib va hozirda davlat tilida darslik va uslubiy qo‘llanmalarning yetishmasligini hisobga olgan holda, muallif tamonidan tayyorlangan ushbu o’quv qo‘llanma turizm asoslarini o‘qitishda oliy o‘quv yurtlari talabalariga va turizm kollejlariga yordam beradi degan fikrdamiz. Download 2.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling