Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «Xalqaro turizm va turizm servisi» kafedrasi
Turizmga oid boshqa me’yoriy hujjatlar mazmuni
Download 2.33 Mb.
|
O‘zbekiston respublikasi oliy va
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turizm bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasi
Turizmga oid boshqa me’yoriy hujjatlar mazmuni
Hozirgi paytda «O‘zbekturizm» MK tomonidan vazirliklar, korxonalar, tashkilotlarning taklif va mulohazalarini inobatga olgan holda O‘zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish markazining 1998-yil 31-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazgan «Mehmonxonalar klassifikatsiyasi» ishlab chiqildi. Mazkur standart kamida 10 nomerga ega bo‘lgan mehmonxonalar, motellar, kempinglar, turistlik bazalar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasiga kelayotgan turistlar va fuqarolarning boshqa vaqtincha yashab turish joylarining klassifikatsiyasini belgilaydi. Unda shuningdek, ishlatiladigan asosiy terminlarning sharhi, mehmonxonalarga qo‘yiladigan umumiy talablar, ularning javobgarligi, turli toifadagi mehmonxonalarga qo‘yiladigan talablar haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Ayniqsa, turli toifadagi mehmonxonalarga qo‘yiladigan talablarda: bino va unga tegishli hudud, texnik jihozlar, nomerlar fondi, texnik ta’minot, mebel va boshqa jihozlar ta’minoti, jihozlash va nomerlardagi sanitariya-gigiyena buyumlari, umumiy foydalanish sanitariya ob’ektlari, jamoat joylari, ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatish joylari, xizmatlar, ovqatlanish xizmatlari, xizmatchilar va ularni tayyorlashga bo‘lgan talablar haqida 1-5 yulduzli mehmonxonalarga xos aniq vazifalar berilgan. Turizm bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasi 1994-yil 5-oktyabrda Samarand shahrida BTT ning majlisida ushbu deklaratsiya qabul qilindi. Unda butun dunyoga murojaat qabul qilinib, turizmni rivojlantirish masalalariga e’tibor berildi. Ayniqsa, «Buyuk Ipak yo‘li» ning markazini tashkil etgan O‘zbekistonga turizm ishida keng ahamiyat berilishi xususida, yurtimizdagi mavjud turistlik resurslardan unumli foydalanish uchun imkoniyatlarni izlab topish haqida fikr-mulohazalar bildirildi. YUNESKO bo‘yicha ma’lumotlar: Ma’lumki, O‘zbekiston tarixiy va madaniy yodgorliklarga boy mamlakat. Mana shu bebaho merosimizning ko‘pgina qismi insoniyat mulkiga aylanganligiga ko‘p vaqt bo‘lgan. YUNESKO ning Jahon merosi ro‘yxatiga Xivadagi Ichan Qal’a 1990-yil, Buxoroning tarixiy markazi 1993-yil, Shahrisabzning tarixiy markazi 2000-yil kiritilgan. 2001-yil 12-16 dekabr kunlari Finlyandiyaning Xelsinki shahrida YUNESKOning Jahon merosi Qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib, unda Samarqand shahri YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritildi. Bundan tashqari, ushbu ro‘yxatga respublikamizdan «Boysun bahori» nomi bilan Surxandaryo mintaqasi ham kiritildi. Demak, endilikda mazkur to‘rtala tarixiy maskan xalqaro hamjamiyat muhofazasida bo‘ladi. Hozirgacha dunyodagi 721 ta madaniy va tarixiy yodgorliklar YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Download 2.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling