Samarqand Iqtisodiyot va Servis Instuti Moliya va moliyaviy texnika kurs ishi topshirdi Qo'nishov Doston Qabul qildi Xolboyev Umid


Iste′molchi tanlovi va naflilik tushunchasi


Download 0.72 Mb.
bet8/21
Sana12.11.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1767889
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
Qo\'nishov Doston kurs ishi

ISTE′MOLCHI TANLOVI NAZARIYASI
    1. Iste′molchi tanlovi va naflilik tushunchasi

Bozor talabining shakllanishi asosida shaxsiy (individual) talab yotadi, ya′ni alohida iste′molchining talabi, har bir shaxs o`zining fiziologik ehtiyojlarini qondirish uchun qandaydir mahsulotdan, qanchadir sotib olishi kerak, sotib olish uchun ma′lum miqdorda mablag`i bo`lishi kerak. Iste′molchining mablag`i cheklangan. Iste′molchi har doim tanlov oldida turadi va tanlov chog`ida quyidagi uchta savolga javob izlaydi:

  1. Nimani xarid qilish?

  2. Xarid qilinadigan ne′matning narxi qancha?

  3. Ne′matni harid qilish uchun mablag` yetarlimi?

Birinchi savolga javob berish uchun ne′matning iste′molchi uchun naflilik darajasini aniqlash, ikkinchi savolga javob berish uchun - ne′matning narxini va uchinchi savolga javob berish uchun iste′molchining daromadini o`rganish lozim bo`ladi. Mana shu uchta element - naflilik, narx va daromad - iste′molchi tanlovining asosini tashkil etadi (6.1-rasm).



6.1-rasm. Iste′molchi tanlovning asosiy elementlari

Iste′mol nazariyasi ma′lum bir aksiomalarga asoslanadi va ular 6.2- rasmda keltirilgan. Iste′molchi qaror qabul qilishda, mavjud imkoniyat doirasida maksimal darajada o`z ehtiyojini qondirishga, turmush


farovonligi darajasini oshirishga harakat qiladi. Ushbu ehtiyojni qondirish darajasi naflilik (utility) deyiladi.













6.2-rasm. Iste′molchi tanlovning asosiy postulatlari Ne′matning nafliligi - ne′matning insonning bir yoki bir nechta
ehtiyojini qondira olish xususiyatidir. Iste′mol nazariyasida ne′mat - bu iste′molchining ehtiyojini qondira oladigan har qanday iste′mol ob′ektidir. Ko`p hollarda ne′matlar yakka tartibda emas, balki majmua tartibda yoki
―iste′mol savati‖ bilan iste′mol qilinadi.
Iste′mol nazariyasida: iste′molchilar ma′lum didga, xohishga ega va ular bu xohish va didlarini qanoatlantirishda byudjetlari (daromadlari) bilan chegaralangan; ular ne′matlar majmualaridan, maksimal naf
keltiradigan majmuani tanlashga harakat qiladi; iste′molchilar tomonidan sotib olinadigan ne′mat narxi uning miqdoridan bog`liq emas; iste′molchilar ne′matlar nafligini to`liq biladi va maksimal naf beruvchi ne′matlar majmuasini tanlaydi, deb faraz qilinadi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling