Samarqand shahar


Qadimgi davr va Ilk oʻrta asrlar


Download 118.44 Kb.
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi118.44 Kb.
#1572614
1   2   3   4   5
Bog'liq
Samarqand

Qadimgi davr va Ilk oʻrta asrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iskandar oʻz doʻsti Klitni Samarqandda oʻldirishi
Samarqand jahonning eng qadimgi shaharlaridan biri — 2700-yildan ortiq tarixga ega.
Samarqand miloddan avval IV asrdan milodiy VI asrgacha Sugʻd davlatining poytaxti boʻlgan. Arxeologik qazishmalardan maʼlum boʻlishicha, yuqori paleolit davrida ham Samarqand hududida odamlar yashagan (qarang Samarqand makoni).
Rim tarixchisi Kvint Kursiy Rufning (miloddan avval I asr oxiri — milodiy I asr) yozishicha, Samarqand qalʼasi devorining aylanasi taxminan 10,5 km boʻlgan. Miloddan avval 329-yil Iskandar Maqduniy (Makedonskiy) askarlari Samarqandni vayron qilgan. Spitamen Samarqandni yunonlardan ozod etishga harakat etgan, ammo xiyonatkor koʻchmanchi qabilalar sardorlari tomonidan oʻldirilgan va boshi Iskandar Maqduniyga sulh sifatida yuborilgan.
Turk xoqonligi va Gʻarbiy turk xoqonligi tarkibida[tahrir | manbasini tahrirlash]
Varhuman saroyi devoriy rasmlarida tasvirlangan turkiy zodagonlar, Samarqand, 650 yil
Samarqand 6-asrda Turk xokonligi tarkibiga kirgan va mahalliy hokimlar tomonidan boshqarilgan. Bu davrda Samarqand Hindiston, Eron, Misr va Vizantiya davlatlari bilan savdo qilgan. Oʻz davrida „10 Oʻq xoqonligi“ deb yuritilgan Gʻarbiy Turk xoqonligi Istamining oʻgʻli Tardu xoqon (576—603) Sosoniylar Eroniga qarshi janglar olib borib, gʻarbda oʻz hokimiyatini kuchaytirdi. Uning oʻgʻli Sheguy xoqon (610—618) davrida xoqonlik qoʻshinlari jan.gʻarbiy hududlarda faol harakat yurita boshlaydi. U Eronning shimoliy sharqiy viloyatlariga hujum uyushtirib, sosoniylar ustidan yirik gʻalabaga erishadi. Uning inisi Tun yabgʻu (618—630) xoqonlikning gʻarbdagi nufuzini yanada mustahkamlaydi. U hukmronlik qilgan davrda Turk xoqonligining chegarasi gʻarb va janubiy gʻarbda, Janubiy-Sharqiy Yevropa dashtlari, Kavkaz, Volgaboʻyi, Gurgon, Marv, Hind daryosining yuqori havzalari, Shimoliy Hindiston va Afgʻonistonning aksariyat viloyatlarini oʻz ichiga olardi. Tun yabgʻu gʻarbiy hududlarda hokimiyatni mustahkamlash maqsadida qarorgohini Shosh vohasining shimolidagi Mingbuloq mavzesiga koʻchiradi va boshqaruvda islohotlar oʻtkazib qaram oʻlkalarga turkiy tudun va eltabar unvonli vakillar joʻnatadi.
Arab xalifaligi tarkibida[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qutayba ibn Muslim boshchiligidagi arab qoʻshinlari 712-yilda Samarqandni egallagan. Isyon koʻtargan shahar aholisining bir qismini qirib tashlagan. Attabariy keltirgan maʼlumotga koʻra, samarqandliklar shahriston (ichki shahar)ni arablarga boʻshatib berishga majbur boʻlganlar. Arablar shahristonda masjid va minbar qurganlar. Mahalliy aholidan tortib olingan qimmatbaho buyumlar va oltin, kumush bilan bezatilgan sanamlar (xilat ulasnom) ni eritib 10 ming misqol qimmatbaho metall olingan. Buyuk ipak yoʻli asosidagi hududlararo savdo-sotiq yanada ravnaq topdi. 776—83-yillarda arablarga qarshi Muqanna boshchiligida isyon koʻtarilgan (qarang Muqanna isyoni).
Somoniylar va Qoraxoniylar davri[tahrir | manbasini tahrirlash]
Arablarga qarshi koʻtarilgan isyonlarni bostirishga faol qatnashgan mahalliy zamindor aholi vakillari IX asr 20 yillaridan Movarounnahr va viloyatlarini boshqarishga tortildi, masalan, Samarqandni boshqarish Somoniylar qoʻliga oʻtdi. Oʻsha vaqtdan Samarqand — Somoniylar davlatining poytaxti boʻldi. 887-yildan birinchi marta somoniylar kumush tangalari Samarqandda zarb qilina boshladi. Somoniylar poytaxti Buxoroga koʻchirilgandan (889) soʻng ham Samarqand Movarounnahrning eng katta hunarmandchilik va savdo markazlaridan biri boʻlib qoldi. XI asrdan Samarqand Qoraxoniylar davlati tarkibiga kirgan. Qoraxoniylar davrida turli oʻlkalarning birlashishi fan va madaniyat rivojiga ham imkon berdi. Bu davrda Samarqand ham maʼmuriy, ham madaniy markaz sifatida ahamiyati oshib, yanada kengayib, rivojlanib borgan. Qoraxoniylar fan va madaniyatning oʻlka hayotidagi muhim oʻrnini anglab unga homiylik qilishgan. Buyuk ipak yoʻli asosidagi hududlararo savdo-sotiq yanada ravnaq topdi.

Qoraxoniylar tomonidan asos solingan Shohi Zinda majmuasi
Shu davrda Samarqandda Ibrohim tamgachxon madrasasi va kasalxonasi bunyod etilgan.[3]
XI asrda Samarqandda Shohi Zinda maqbarasi barpo etildi.[4] Keyinchalik xuddi shu yerga 1066-yili Tamgʻach Boʻgʻraxon madrasasi qurildi va unga tutash bir qator turkum majmua yuzaga keldi. XI-XII asrlarda serhasham bezatilgan boshqa maqbaralar vujudga kela boshladi. Arxeologlar ulardan bir nechtasini XIV asr inshoatlarining gʻarb tamonidagi yoʻlakdan qazib topdilar. Ular bezaklari bilan Temur davri maqbaralaridan farq qilgan. Oʻsha davrda ham, Qusam ibn Abbos maqbarasi „muqqadas“ hisoblanib ziyorat qilingan.
Qoraxoniylar hukmronligi davrida Umar Xayyom Samarqandga Nishopurdan Shamsalmulk saroyiga taklif qilingan. Umar Xayyom Balx va Buxoro madrasalari bilan bir qatorda Samarqand madrasalaridan birida ham tahsil olgan. Samarqandda u algebra boʻyicha asosiy asarni yozgan.
Qoraxoniylar davrida Samarqandda Oʻrta Osiyoning taniqli mutafakkiri, olimi, faylasufi, islom huquqshunosi Burhoniddin Margʻinoniy (1123-1197) yashagan.
Qoraxoniylar davrining Samarqanddagi eng koʻzga koʻringan yodgorligi — XII asrda qoʻrgʻonda qurilgan Ibrohim ibn Husayn (1178-1202) saroyi. Qazish paytida monumental rangtasvirning parchalari topildi. Sharqiy devorda sariq chapon kiygan va kamon ushlagan turkiy jangchi tasvirlangan. Bu erda otlar, ovchi itlar, qushlar va davrga oʻxshash ayollar ham tasvirlangan.[3].
Amaliy bezak sanʼati — naqshinkorlik, ganchkorlik va kulolchilik yoʻnalishlari rivojlangan. Adabiyot yuksalgan. Yusuf Xos Hojibt\nt „Qutadgʻu bilig“, Mahmud Qoshgʻariynit „Devonu lugʻotit turk“ kabi asarlari shu davrda yaratilgan.
XI asrda Samarqandni Saljuqiylar bosib olgan. XII asrdan Qoraxitoylarga tobe boʻlgan. 1210-yildan Muhammad Xorazmshoh davlati tarkibida. 1212-yil samarqandliklar Xorazmshohga qarshi isyon koʻtargan.
Moʻgʻullar hukmronligi davrida[tahrir | manbasini tahrirlash]
1220-yil Chingizxon qoʻshinlari Samarqandga bostirib kirib, shaharga oʻt qoʻygan va aholining koʻp qismini qirgan, qolganlari shaharni tark etib omon qolgan. Bir necha yildan soʻng Samarqand qayta tiklana boshlagan. XIII asr 2-yarmida Samarqandga kelgan venetsiyalik sayyoh Marko Polo „Sonmarkon kapa va mashhur shahar“ deb yozgan. Moʻgʻullar hukmronligi davrida Samarqand Chigʻatoy ulusi tarkibida boʻlgan.

Download 118.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling