Poloni -210 ni veterinariya nazoratidagi obyektlarda aniqlash
Poloniy-210 tabiiy radioaktiv izatop, yarim parchalanish davri 138 kun bo’lib, qo’rg’oshin -210 parchalanishidan hosil bo’ladigan hosila.
U alfa nurlantiruvchi bo’lganligi sababli, radiometrik tekshirish sintillyasion ko’rsatgichda o’tkaziladi.
Tekshirishga kerakli jixozlar.
Radiometr sintillyasion ko’rsatgichli, niklangan disk, 10 ml stakan, suv hammomi, azot kislotasi, xlorid kislota, askorbin kislota.
Ishni bajarilishi:
O’lchab olingan 5 gr nam namunani 200-250 ml issiqlikka chidamli stakanga solamiz, ustiga namunani to’liq yopilgunichakonsentrlangan azot kislotasi qo’yiladi.
Namuna plitkada qizdirish orqali eritiladi.
Namuna kislotada to’liq erigandan so’ng, eritma parlantiriladi 5 ml miqdor qolgunicha.
Namuna eritmasiga 20-25 ml konsentrlangan xlorid kislota quyiladi va kam miqdor qolgunicha yana parlantiriladi. Parlantirish vaqtidav 4-5 marta oldingi miqdorda konsentlangan xlorid kislota qo’shiladi.
Xlorid kkislotali eritma kam miqdor qolgunicha parlantiriladi va 100 ml stakanga quyub olinadi.
Eritma qoldig’i shu stakanda miqdori 80-90 ml bo’lgunicha distirlangan suvda yuviladi. Bu aralashmada 0.5 n. Xlorid kislota konsentrasiyasi hosil bo’ladi.
Eritmadagi ikki valentli temirni uch valentliga aylantirish uchun eritmaga 200 mgr askorbin kislotasi bo’lmagan holda, o’rniga kislotalar aralashmasi (15 gr konsentrlangan xlorid kislota, 85 ml suv va 2 gr limon kislotasi). Eritma shisha tayoqchada aralashtirib turiladi.
Eritmali stakanga, og’irligi oldindan aniqlangan, yuzi tozalanib, spirtda yuvilib shisha tayoqchalarga osilgan diametri 3 sm nikellangan diskka quyiladi.
Eritmali stakan disk bilan 6-7 soat qaynab turgan suv hammomida o’lchanadi. Qaynash davomida stakandagi eritmani qamaygan qismini, distirlangan suv qo’shilib tenglashtirilib turiladi, xammomni suvi kamaygan qismini oddiy suv solinib to’ldiriladi.
6-7 soatlik suv hammomidan so’ng stakandagi nikellangan disk chiqarib olinadi, so’ng oqib turgan distillangan suv bilan yuviladi, ochiq havoda quritilib, namunani raqami qo’yilgan filtr qog’oziga qo’yiladi.
Nurlanish tezligi ridiometr va alfa ko’rsatgichda o’lchanadi, o’lchash oldin diskni bir tomoni keyin ikkinchi tomoni, o’lchash bir soatdan ikkala tomon ham, keyin ikkala hisob qo’shiladi.
Namunani radioaktivligi quyidagi formulada hisoblanadi.
NoKcb*103
Apo -210= --------------------- Ku/kg M*2.22*1012
-
“Tasdiqlayman”
Ichki yuqumsiz kasalliklar va akusherlik kafedrasi mudiri
_____________ B.M. Eshburiyev
|
Do'stlaringiz bilan baham: |