Samarqand Veterinariya medicinasi Instituti Nukus filiali Zoo-injeneriya fakulteti Asalarichilik yonalishi 1-kurs 213-gruh talabasi


Download 208.5 Kb.
bet4/9
Sana23.12.2021
Hajmi208.5 Kb.
#182765
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
abu ali ibn sino(1)(1)

Astronomiya

Ibn Sino astronomiya sohasida Arastuning yulduzlarga Quyosh nuridan yorug‘lik tushadi degan qarashlariga qarshi chiqarkan, yulduzlar o‘z yorug‘ligi bilan porlaydi, shuningdek, sayyoralar ham o‘zi nur sochadi, deya tahmin qilgan. 1032 yil 24 may kuni Zuhra sayyorasi Quyosh gardishidan o‘tayotganini kuzatganini ma’lum qilgan. Bu kuzatuvdan u ptolomey kosmologiyasiga binoan, Zuhra sayyorasi gohida Yerga Quyoshdan ko‘ra yaqinoq kelishini asoslash maqsadida foydalangan.

Ibn Sino, shuningdek, Ptolomey kitobiga izohi bilan Almagest kompediumini yozgan.Gurgandaligida Ibn Sino shu shaharning jo‘g‘rofik koordinatlari haqida risola yozgan. Ibn Sino Abu -l -Vafo va al-Beruniylar qo‘llagan usuldan foydalana olmagan va yangi usulni taklif qilgan. Unga ko‘ra, u Oyning eng baland nuqtasining o‘lchami va Bog‘dod balandligini taqqoslash orqali sferik trigonometriya qoidalari asosida hisoblashni taklif qilgan.

Kuzatilinayotgan asbobni loyihalashda boshqa usullardan afzal usul kitobi”da Ibn Sino o‘zi ixtiro qilgan kuzatuv asbobiga ta’rif berarkan, uning fikricha, astrolyabiyani o‘rnini bosishi kerak bo‘lgan; bu asbobda o‘lchovni aniqlash uchun ilk bora nonius usulidan foydalanilgan.




Download 208.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling