Samarqand veterinariya meditsinasi instituti
Don uyumi haroratini o’lchash
Download 5.36 Mb. Pdf ko'rish
|
sabzavot va mevalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Donlarni faol shamollatish
Don uyumi haroratini o’lchash. Don uyumini saqlash davrida uning holatini
aniqlashda asosiy ko’rsatkichlardan biri harorat hisoblanadi. Noqulay saqlash sharoitida don uyumlaridan fizio-logik jarayonini issiqlik ta’sirida rivojlanishi faollashadi. Don uyumlarini past issiq o’tkazuvchanligi sababli issiqlik don uyumlarida ushlanib qolishi natijasida o’z-o’zidan qizishiga olib keladi. Omborxonadagi don to’plamida harorat muntazam nazorat qilib turiladi. Agar omborlarda don to’kib saqlanadigan bo’lsa, elektr harorat o’lchagichlari qo’llaniladi. Donlarni faol shamollatish. Faol shamollatish deganda don uyumlariga majburan sovuq yoki isitilgan havoni ventilyator yordamida yo’naltirish tushunladi. Faol shamollatish uyum haroratini pasaytirishda, donlar orasidagi havoni almashtirishda, donlar namligini pasaytirishda va uni gazasiya va degazasiya qilishda qo’llaniladi. Keyingi yillarda donlarni va dukkakli ekinlar urug’larini quritishda faol shamollatish moslamalari keng miqyosda qo’llanilmoqda. Omborxonalar, ochiq maydonlarda bostirmalarda saqlanayotgan donlarni faol shamollatishda quyidagi uchta qurilmalardan foydalaniladi: stasionar, ko’chma hamda satxdan ko’chirib turadigan asboblar. Donlarni faol shamollatish mas’uliyatli ish hisoblanib, uni bajarishda maxsus qoidalarga rioya qilishni taqozo etadi. Donlar noto’g’ri shamollatilganda nam tortib qolish hollari uchraydi. Bunday holat don uyumlariga yo’naltirilayotgan issiq havoni harorati ortib borishi natijasida ro’y berishi mumkin. Shuning uchun faol shamollatish faqat donlar issiq havo yo’naltirilganda qizib ketmasa va namlik bo’lishi kuzatilmaganda qo’llansa maqsadga muvofiq bo’ladi. Donlarni quritish va sovutishda shamollatish davomiyligi. Shamollatishni davomiyligi uzatilayotgan havoni solishtirma birligi va donlarni haroratini turliligiga hamda tashqi havoga bog’liq. Bu farq qanchalik katta bo’lsa donlar shunchalik tez sovutiladi. Donni shamollatish davomiyligini quyidagi 33-jadvaldan aniqlanadi. Jadvalda ko’rsatilgan shamollatish me’yorlari normal holatdagi donlar uchun belgilangan, namligi yuqori, o’z-o’zidan qiziy boshlagan va boshqa holatdagi donlarda bu tartib o’zgaradi. Download 5.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling