Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Don uyumi haroratini o’lchash


Download 5.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/117
Sana20.09.2023
Hajmi5.36 Mb.
#1682996
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   117
Bog'liq
sabzavot va mevalar

Don uyumi haroratini o’lchash. Don uyumini saqlash davrida uning holatini 
aniqlashda asosiy ko’rsatkichlardan biri harorat hisoblanadi. Noqulay saqlash 
sharoitida don uyumlaridan fizio-logik jarayonini issiqlik ta’sirida rivojlanishi 
faollashadi. 
Don uyumlarini past issiq o’tkazuvchanligi sababli issiqlik don uyumlarida 
ushlanib qolishi natijasida o’z-o’zidan qizishiga olib keladi. Omborxonadagi don 
to’plamida harorat muntazam nazorat qilib turiladi. Agar omborlarda don to’kib 
saqlanadigan bo’lsa, elektr harorat o’lchagichlari qo’llaniladi. 
Donlarni faol shamollatish. Faol shamollatish deganda don uyumlariga 
majburan sovuq yoki isitilgan havoni ventilyator yordamida yo’naltirish 
tushunladi. Faol shamollatish uyum haroratini pasaytirishda, donlar orasidagi 
havoni almashtirishda, donlar namligini pasaytirishda va uni gazasiya va 
degazasiya qilishda qo’llaniladi. Keyingi yillarda donlarni va dukkakli ekinlar 
urug’larini quritishda faol shamollatish moslamalari keng miqyosda 
qo’llanilmoqda. Omborxonalar, ochiq maydonlarda bostirmalarda saqlanayotgan 
donlarni faol shamollatishda quyidagi uchta qurilmalardan foydalaniladi: stasionar, 
ko’chma hamda satxdan ko’chirib turadigan asboblar. Donlarni faol shamollatish 
mas’uliyatli ish hisoblanib, uni bajarishda maxsus qoidalarga rioya qilishni taqozo 
etadi. Donlar noto’g’ri shamollatilganda nam tortib qolish hollari uchraydi. Bunday 
holat don uyumlariga yo’naltirilayotgan issiq havoni harorati ortib borishi 
natijasida ro’y berishi mumkin. Shuning uchun faol shamollatish faqat donlar issiq 
havo yo’naltirilganda qizib ketmasa va namlik bo’lishi kuzatilmaganda qo’llansa 
maqsadga muvofiq bo’ladi.
 
Donlarni quritish va sovutishda shamollatish davomiyligi. Shamollatishni 
davomiyligi uzatilayotgan havoni solishtirma birligi va donlarni haroratini 
turliligiga hamda tashqi havoga bog’liq. Bu farq qanchalik katta bo’lsa donlar 
shunchalik tez sovutiladi. Donni shamollatish davomiyligini quyidagi 33-jadvaldan 
aniqlanadi. 
Jadvalda ko’rsatilgan shamollatish me’yorlari normal holatdagi donlar uchun 
belgilangan, namligi yuqori, o’z-o’zidan qiziy boshlagan va boshqa holatdagi 
donlarda bu tartib o’zgaradi. 

Download 5.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling