Samarqand veterinariya meditsinasi instituti
Download 5.36 Mb. Pdf ko'rish
|
sabzavot va mevalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Organoleptik baholash.
- Laboratoriya tahlili
Jihoz va materiallar: adabiyotlar, jadval, millimetrli qog’oz, rasmlar,
137 chizg’ich. O’zlashtirish uchun savollar: 1. Don omborlarining tuzilishini ta’riflab bering? 2. Qanday hajmda don omborlari bo’ladi? 3. Donli joylashtirishda qanday usullar qo’llaniladi? 44-ish Yorma sifatini aniqlash Darsning maqsadi. Dondan olinadigan yormalar bilan tanishish. Talabalarni yorma sifatini aniqlashni, bir turli yorma to’plamidan olingan o’rtacha namunalarni tahlil qilishni o’rgatish. Vazifa. Yorma namunasini ajratish va yormaning turi, raqami yoki naviga qarab organoleptik ko’rsatkichlarini aniqlash. Ishlash tartibi: namuna og’irligi 1,5 kg. Qismlarni tanlashda va o’rtacha namunani ajratishda DAST ga rioya qilish zarur. Yorma sifat ko’rsatkichlarini aniqlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: avval rang, hid, ta’mi va g’archillashi, so’ng namlik, ombor zararkunandalari bilan zararlanishi, temir aralashmalar miqdori, yuqori sifatli mag’iz miqdori, kulliligi aniqlanadi. Organoleptik baholash. Yormaning ranggi, hidi, ta’mi va g’archillashini aniqlash uchun quyidagi usullar qo’llaniladi. Hidni kuchaytirish uchun yorma chinni kosachaga joylanib, ustidan oyna bilan yopiladi va qaynashgacha isitilgan suv hammomiga qo’yiladi, Oradan 5 daqiqa o’tgach uning hidi aniqlanadi. Yormani g’archillashi yanchilgan, kam miqdordagi (har biri 1 g atrofida) 1-2 porsiyala-rini chaynash yo’li bilan aniqlanadi. Gumonli hollarda hid, ta’m va g’archillash yormadan tayorlangan bo’tqadan aniqlanadi. Laboratoriya tahlili. Namlik yanchilgan yorma namunasida, uni 130 0 haroratida 40 daqiqa davomida quritib aniqlanadi. Yorma namunachasini 30 gr atrofidagi og’irlikda laboratoriya tegirmonida yanchiladi. Yanchish yirikligi quyidagi shartlarga javob berishi kerak: yuzasi tozalangan no’xat uchun 0,8 mm uyachalik sim elakdan o’tishi kamida 50%, suli yormasi uchun kamida 60%, boshqa yormalar uchun kamida 75% bo’lishi kerak. Ikki aniqlashda o’rtacha namlik topiladi. Paralel tahlillar o’rtasidagi farq 0,2% dan oshmasligi kerak. Download 5.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling