140
makkajo’xorida № 056 elagidan o’tgan, bug’doyda № 063 elakdan o’tgan,
tozalangan no’xatda 1 mm tekishli elakdan o’tgan va grechixalida № 08
temir
simlik elakdan o’tgan fraksiyalarga ajratiladi.
Elakda qolgan va quyi elakdan o’tgan qoldiqlardan ajratilgan aralashmalarni
fraksiyalarga birlashtiriladi va har birini alohida 0,01 aniqlikda tortiladi. Topilgan
og’irlikni olingan namunachaga nisbatan foizda ifodalaniladi. Tahlil ma’lumotlari
ishi daftarga yoziladi: Aralashmalarning umumiy
miqdori har bir alohida
fraksiyalar ma’lumotlarini yig’ishtirish yo’li bilan topiladi.
Yormada zararli aralashma borligi ayon bo’lsa, darxol qo’shimcha namunacha
ajratiladi (grechixali mag’izga 350 gr va tariq uchun 375 gr) va undagi zararli
aralashmalar miqdori aniqlanadi. Asosiy va qo’shimcha namunalardan ajratilagan
zararli aralashmalar birga to’kiladi, texnik tarozlarida 0,01 aniqlikda tortiladi.
Ularning miqdori 0,01% aniqlikda foizda ifodalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: