20-ish. Kartoshka, sabzavot va poliz mahsulotlarini saqlashning iqtisodiy
samaradorligini hisoblash (2 soat)
Mashg'ulotning maqsadi: Talabalarga kartoshka va sabzavotlarni
saqlashning iqtisodiy samaradorligini hisoblashni o`rgatish va ko’nikma hosil
qilish.
Jixoz va materiallar:
1. mahsulotlarning standarti (texnik shartlari);
2. omborxonalar loyihasi;
3. omborxonalar kartasi;
4. kal`kulyator, xom ashyo;
5. jadval ma'lumotlari;
6. adabiyot malumotlari.
Ma’lumki kartoshka va sabzavotlarni saqlash iqtisodiy jihatdan samarali
soha hisoblanadi,
chunki kartoshka
va
sabzavotlar
yilning
muayyan
mavsumidagina etishtiriladi. Aholini mazkur mahsulotlarga bo’lgan talabini
mavsumdan tashqari muddatlarda ham qondirib turishda esa saqlash va birlamchi
ishlov berish omborlarining ahamiyati beqiyosdir.
Mahsulotlar omborlarda saqlanganda mahsulot narxi yangi mavsum
mahsulotlari pishib etilgunga qadar muayyan o’lchamlarda ortib boradi. Bu esa
saqlash omborlarining rentabelligini yanada oshiradi.
Mahsulot saqlash bilan bog’liq harajatlarni quyidagicha guruhlashtirish mumkin:
1. Ombor va uskunalar ammortizasiyasi harajatlari.
2. Ombor va uskunalarni joriy ta’mirlash harajatlari.
3. Ish haqi harajatlari.
4. Elektr energiyasi, yoqilg’i va boshqa materiallar harajatlari.
5. Mahsulotning tabiiy kamayishi.
1-vazifa. Suniy va tabiy sovutiladigan omborlarda 400 tonna kartoshkani
noyabr-mart oylarida saqlashning iqtisodiy samaradorligini hisoblang.
Ishlash tartibi. Agarda 400 tonna kartoshkani saqlash uchun fermer
xo’jaliklaridan 600 so`m dan sotib olsak, mahsulotni sotib olishga ketgan xarajat
240 000 000 so`mni tashkil qildi.
400 t * 1000 kg = 400 000 kg
400 000 * 600 = 240 000 000 so`m
67
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |