Samarqand veterinariya meditsinasi instituti
Download 5.36 Mb. Pdf ko'rish
|
sabzavot va mevalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 24 - ish. Natural sabzavot konservalarini tayyorlashni o`rganish va sifatini baholash (4-soat) Mashgulotning maqsadi
- Jixoz va materiallar: 1. shisha idishlar; 2. qopqoqlar, avtoklav; 3. xom ashyo, tuz; 4. ziravorlar, pichoq. Ishlash tartibi.
Baqlajonli ikra
Resept: baqlajon – 1,25 kg o’simlik moyi – 100 ml 76 pomidor – 2 dona shirin qalampir – 1 dona piyoz – 2 dona limon sharbati – 1 ch. qoshiq sarimsoq – 2 bo’lakcha qalampir, tuz – ta’bga ko’ra. Yosh baqlajonlar gazli pechda har tomonlama pishiriladi, so’ngra barmoqlarni sovuq suvda namlab, po’sti olib tashlanadi. Tozalangan baqlajonlar qiya sabzi taxtasiga qo’yilib silkitiladi. So’ngra baqlajonlar yog’och pichoq bilan maydalanadi salat idishiga solinadi tinimsiz aralashtirgan holda o’simlik moyi quyiladi. Ikra tuzlanadi, ta’bga ko’ra biroz qalampir va limon sharbati qo’shiladi. Ta’bga ko’ra urug’idan adjratib tozalangan va maydalanib pishirilgan shirin qalampir, shuningdek maydalangan sarimsoq (1-2 bo’lakcha) qo’shish ham mumkin. Ikrani yangi pomidor bo’laklari bilan bezatish mumkin (A1, X1, X2, I-s). O'zlashtirish uchun savollar. 1. Gazak konservalar tayyorlashda qysi sabzavot turlaridan foydalaniladi? 2. Tayyor gazak konservalar qnday sharoitda saqlanadi? 3. Gazak konservalarning to`yimliligi nimalarga bog`liq? 4. Gazak konservalarning sifat ko`rsatkichlari nimalarga bog`liq? 24 - ish. Natural sabzavot konservalarini tayyorlashni o`rganish va sifatini baholash (4-soat) Mashg'ulotning maqsadi: Talabalarga sabzavotlardan asl konservalar tayyorlash texnologiyasi bilan tanishtirish. Ularga yashil no'xat, bodring, pomidor va boshqa sabzavotlardan koserva tayyorlashni o'rgatish. Jixoz va materiallar: 1. shisha idishlar; 2. qopqoqlar, avtoklav; 3. xom ashyo, tuz; 4. ziravorlar, pichoq. Ishlash tartibi. Yashil no'xat, bodring, pomidor va boshqa sabzavotlardan asl konservalar ko'p ishlab chiqiladi. U konservalarni tayyorlash texnologiyasiga o'xshab ketadi, ya'ni mahsulotni tayyorlash, yuvish, bonkalarga joylash, eritma tayyorlash va bonkalarga quyish, berkitish, sterilizasiyalash. Sabzavotlarning tarkibida kislota kam bo'lganligi uchun (shovuldan tashqari) ularni 100 0 C dan yuqori haroratda sterillanadi. Konserva korxonasi sharoitida bu ishlarni avtoklavlarda 120 0 C haroratda o'tkazish mumkin, chunki u yerda bosim kam beriladi. 77 O'quv amaliyotida sabzavotlarni konservalashda ochiq sterili-zasiya o'tkazish mumkin. Bunda suvli eritmaga tuz qo'shiladi, ste-rilizasiya harorati 107- 108 0 C gacha bo'ladi va zararli mikroor-ganizmlar halok bo'ladi. Umuman sabzavotdan konservalarni tayyorlash qiyin bo'lganligi sababli talabalarni konserva korxonasiga ekskursiyaga olib borish yo'li bilan o'rganish maqsadga muvofiq bo'ladi. Mahsulotga bo'lgan talab quyidagicha: yashil no'xat – konser-valash uchun hamma navlarni ishlatsa bo'ladi. Ularni dumbulligida teriladi, chunki bu vaqtda unda qand moddasi ko'p bo'lib, kraxmal moddasi kam bo'ladi. Konservalashda asosan yashil no'xat uch o'lchamga bo'linib sarala-nadi (mayda, o'rta, yirik no'xatlar). Meva 2 - 4 daqiqa davomida blanshirlanadi (96 - 98 0 C da), keyin sovuq suvda sovutiladi va bon-kalarga solinib, issiq eritma (2,5% osh tuzi, 2,3% shakar) quyib aralashtiriladi (A1, X2, I-s). Bodring mevalarining mayda dumbulchalaridan yaxshi konserva tayyorlanadi. Yirik mevalari mayda bo'laklarga bo'linib, issiq 6% li namakob quyiladi. Bu eritmaga 1% li sirka kislotasi va har xil ziravor – ukrop, qorag'at, estragon va h.k qo'shiladi. Sterilizasiyalash harorati 100 0 C. Pomidor. Mayda mevali navlar konservaga yaxshi ishlatiladi. Yuvilgan mevalar bonkalarga solinib, 2-3% li namakob quyiladi. Ayrim vaqtda (Bolgariya usuli) pomidor mevalari qaynab turgan suvda blanshirlanadi. Tozalangan mevalar bonkalarga solinadi va 2% li namakob qo'shiladi, 100 0 C harorada sterilizasiyalanadi. Bunday konservalar tayyorlashda sabzi, lavlagi, piyoz va boshqa masalliqlar ishlatiladi. Download 5.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling