Samarqand veterineriya meditsinasi instituti “Gumanitar fanlar, jismoniy madaniyat va


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/64
Sana09.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#260871
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   64
Bog'liq
seminar ishlanma

Savol va topshiriqlar 

1.Pedagogikaning asosiy  kategoriyalarini sanab bering.   

2.Pedagogikaning metodlari haqida gapirib bering. 

3.Pedagogikaning qanday tarmoqlarini bilasiz?  

4.Pedagogikaning boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqadorligi nimalardan iborat? 

 

 

2–MAVZU. MA’RIFIY FIKRLAR TARAQQIYOTI VA ULARNING  TARIXIYLIGI 

 

Asosiy tushunchalar 

Bu  buyuk  allomalarning  hayoti,  ijodi  va  ular  qoldirgan  madaniy  –  ma’rifiy  meros  yosh  avlod 

uchun ibrat va namunalar, ularning ta’lim – tarbiyaga oid ma’rifiy ta’limotlari yoshlarni ona – Vatanga, 

millatga sadoqat va hurmat ruhida tarbiyalashda, ularni iymon va e’tiqodli, insof va diyonatli, odob – 

axloqli, oqil va odil inson qilib tarbiyalashda, o‘zligini anglatishda benazir qadriyatdir.  

XX  asrga  qadar  davrlardagi  ijtimoiy  va  madaniy  hayot  tarixidan  shu  narsa  ma’lumki,  ta’lim-

tarbiyada  ma’naviyatli,  ma’rifatli  barkamol  yoshlarni  etishtirishda  xalq  pedagogikasining  o‘rni  va 

mohiyati  katta  bo‘lgan.  Ming  yillar  davomida  shakllanib,  rivojlanib  kelayotgan  xalq  pedagogikasi 

milliy pedagogika tarixining zamini bo‘lgan.  

“Umuminsoniyat  tarixida  IX-XV  asrlarda  –Sharqda  uyg’onish  davrida  –  ijtimoiy  –madaniy 

hayotda  katta  o‘zgarishlar  yuz  bergan.  Ayniqsa  Amir  Temur  asos  solgan  saltanat  davrida  ijtimoiy 

hayotda yuksalish, ilm-fan, madaniyat gurkirab rivojlangan. Bu davrda yashab ijod etgan Al-Buxoriy, 

At-Termiziy,  Farobiy,  Beruniy,  Ibn  Sino,  YUsuf  Hos  Hojib,  Mahmud  Qoshg’ariy,  YAssaviy, 

Naqshband, Ulug’bek, Navoiy, Bobur kabi buyuk daholar jamiyat tarixi va jahon madaniyati rivojiga 

benazir  hisssalarini  qo‘shganlar.  Bu  buyuk  mutafakkirlar  turli  fanlarga  oid  yaratgan  asarlarida 

ma’naviy-madaniy qadriyatlarning ilmiy-falsafiy asoslarini ishlab chiqdilar.  

XIV  asrning  o‘rtalarida  Markaziy  Osiyoda  mayda  feodal  hokimlar  o‘rtasida  nizo  kuchaydi, 

iqtisod  mushkullashdi,  siyosatda  qat’iyatsizlik  avj  oldi.  Ana  shunday  paytda  Amir  Temur  siyosat 

maydoniga chiqdi. U 1370 – 1405 yillar davomida mamlakatni mo‘g’ullar zulmidan ozod qildi, xonlar 

o‘rtasidagi nizolarga chek qo‘ydi. Xurosonda markazlashgan mustaqil, qudratli davlat barpo etdi. U 

o‘z faoliyatida davlatni mustahkamlash, uni boshqarishni mukammallashtirish, qurilish, obodonchilik, 

sug’orish, shaharlar o‘rtasida savdo yo‘llarni kengaytirish ishlariga katta e’tibor berdi. 






 

Markaziy Osiyoda rassomchilik, naqqoshlik, bezakli – badiiy buyumlar ishlash yukori darajaga 

ko‘tarildi. 

XIV-XV asr asrlarda yozilgan asarlarda,  masalan,  «Temur tuzuklari», Nizomiddin SHomiy va 

SHarofiddin Ali YAzdiyning «Zafarnoma», Ibn Arabshohning «Ajoyib ul makdur fi axbori Temur» 

(«Amir Temur hakidagi xabarlarda takdir ajoyibotlari»), V.CHeresanskiyning «Ikki to‘lqin» va boshqa 

asarlarda sohibqironning to‘g’rilik, muruvvatlilik, el yurtga mehr – muhabbatlilik, adolatlilik, mardlik 

va qahramonlik kabi insoniy fazilatlari ifodalanadi. 

Movarounnahr va Xuroson tarixining keyingi davrlarida SHohruh, Ulug’bek, Mirzo Abu Said, 

Sulton  Ahmad,  Husayn  Boyqaro,  ayniqsa,  Hindistonda  Bobur  va  Akbarshoh,  O‘rta  Osiyoda  Temur 

davrida qaror topgan iqtisod va madaniyatni rivojlantirish bilan bog’liq eng yaxshi an’analarni davom 

etdirdilar. 

Yirik  shaharlarda  masjid  va  madrasalarda,  masalan,  Buxoroda  Xo‘ja  Zayniddin,  Bolohovuz, 

Juma,  Namozgoh,  Katta  masjidi  va  Abdullaxon  Ko‘kaldosh,  Muhammad  Xo‘ja  Porso,  Nodir 

Devonbegi,  Abdulazizxon,  Xiyobon,  Jo‘ybori  Kalon,  Rahmonqulixon,  Ernazar  elchi,  Tursunjon, 

Niyozqul,  Boxarziy,  Ma’sudiya,  Mir  Arab;  Samarqandda  Bibixonim,  Jomi,  Ko‘ktosh,  Ko‘chkinxon 

masjidi  va  SHayboniyxon,  Ulug’bek,  SHerdor,  Tillaqori;  Xivada  Matpanaboy,  Qutlimurod, 

Olloqulixon madrasalarida, shuningdek keyingi yillarda (XYII – XiX asrlarda) Qo‘qonda Jome masjidi 

va Madrasai Mir (Norbo‘tabiy), Toshkentda Xo‘ja Ahror, Namozgoh masjidi va Barakxon, Ko‘kaldosh 

madrasalarida diniy ta’limot asosida islom, aro‘z, ilmi bayon, mantiq, tarix, geografiya kabi gumanitar 

fanlardan  tashqari  riyoziyot,  falakiyot,  handasa,  tabiyot  kabi  aniq  fanlar  ham  o‘qitildi.  Ta’limda 

sharhlab o‘qish, mustaqil mutoala, munozara, suhbat usullari qo‘llandi.  

Ulug’  Alisher  Navoiy,  Mirzo  Ulug’bek,  Koshifiy,  Davoniy  kabi  shoir  va  olimlar  asarlarida 

aytilgan, olg’a surilgan g’oyalar, qarashlar pedagogik fikr rivojiga qo‘shilgan muhim hissa bo‘ldi.  

   XVII  asrning  oxiri  va  XX  asr  boshlarida  rus      chorizmi  O‘rta  Osiyoni  zabt  etdi  va  u  erda 

tarbiyaviy  mustamlaka tartibini o‘rnatdi. CHor hukumati mustamlakachilik siyosatini amalga oshirish 

bilan          birga         maorif        matbuot,          adabiyotni  yuksaltirishga  qarshi  qaratilgan  tadbirlar  ko‘rdi, 

ozodlik,  erkinlik,  shuningdek  dunyoviy  bilim  g’oyalari  bilan  sug’orilgan  taraqqiyparvarlik  oqimiga 

qarshi kurashdi. 

  Mazkur davrda O‘zbekiston hududida umuman, 400 dan ortiq, ya’ni Turkiston o‘lkasida 313, 

Buxoro amirligida 103, Xivada 8 ta madrasa ishlagan. 

  Har bir qishloqda esa machit bo‘lib, har bir machit qoshida albatta maktab bo‘lgan. SHaharning 

har  bir  makallasida,  har  bir  qishloqda  maktab  bo‘lib,  machit  domlasi  bolalarni  o‘kitgan.  Maktabda 

avval "Haftiyak", keyin «Qur’on» yodlanardi, so‘ng «CHor kitob»ga tushilardi.  

  «CHor kitob» 4  bo‘limdan iborat bo‘lib 1-  bo‘lim  haq xudoning nomlari tushuntirilardi, din 

qoidalari, tahorat, namoz bayon etiladi, ikkinchisi  bidon-e’tiqodni  anglash,  uchinchi  bo‘limda  kalomi  

nabi  - rivoyatlar bahs etilgan. Bu kitob nazm va nasrda fors tilida yozilgan. Maktablarda Hofiz, Alisher 

Navoiy, Bedil, So‘fi Olloyor o‘rganilar edi. Maktabni bitirgandan so‘ng bir qism talabalar madrasaga 

kira olardilar. 

   Madrasa - O‘rta Osiyoda IX asrda paydo bo‘lgan oliy diniy maktab. Uning o‘quv rejalari vaqt 

va  sharoitga  qarab  o‘zgarib  turgan.  Masalan  XV  asrning  30  —40  -  yillarida  -  Samarqand  va  Hirot 

madrasalarida dunyoviy bilimlar: matematika, astronomiya, musiqa va hokazolar ham o‘qitilgan. 

  Madrasa  uch  bo‘limdan  iborat bo‘lgan:   1- bo‘limda musulmon dini aqidalari bayon qilingan 

kitob - arab tili va qonunchilik o‘rgatilar edi. Bu bo‘lim talabasi 9-10 yil o‘qigan.                                              

  2 - bo‘limda    qonunchilik,    ilohiyot,    mushkilot - mantiq, arab     grammatikasi, notiqlik 

mahorati o‘rgatilgan. Unda 7 - 8 yil o‘qishgan.    

  Uchinchi bo‘limda ilohiyot, qonunchilik, kalom o‘qitilgan. Qonunchilik kursida geografiya va 

arifmetikadan  ba’zi  ma’lumotlar  berilgan.  Madrasadan  mudarrislar,  mutavallilar,    qozilar,    imomlar 

etishib chikqan.                                                                                                          

Xalq  talimining  iste’dodli  tashkilotchilari  Abduqodir  SHakuriy,  Mahmudxo‘ja  Behbudiy, 

Ismatulla  Rahmatullaev,  Is’hoqxon  Ibrat,  Munavvar  qori,  Hamza  Hakimzoda  Niyoziy,  Sadriddin 

Ayniy, Abdulla Avloniy va boshqalar katta pedagogik ish olib bordilar. 






 

Uzoq  tarixga  ega  bo‘lgan  o‘zbek  xalqi  ijtimoiy-siyosiy  to‘siqlarga  qaramay,  Markaziy 

Osiyodagi  boshqa  xalqlar  kabi,  ilg’or  fikr  egalarini,  buyuk  olimlarni  etkazdi,  insoniyatga  ilm-fan, 

ma’naviyat sohasida olmas durdona asarlar, fikrlar qoldirdi. 

Bu  davr  ijtimoiy-madaniy  hayotidagi  kuchlar  o‘rtasida  yuz  berayot  gan  audiyatoriyaiy 

kurashning murakkabligi maktab-maorif masalalarida ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Demak, endi turli 

vositalarni  ishga  solib  yangi  mazmundagi  ma’rifatni  tashviq  qilish,  tarbiya  usullarini 

zamonaviylashtirish,  ta’limda  qulay  usullarni  topish  muammolari  turar  edi.  Bu  borada  Turkiston 

o‘lkasidagi  dastlabki  maktablarda  ilg’or  ma’rifatparvar  pedagoglar  –  toshkentlik  Saidrasul 

Saidazizov, Abdulla Avloniy, namanganlik Is’hoqxon Junaydullaev – Ibrat, samarqandlik Abduqodir 

SHakuriy, Saidahmad Siddiqiy-Ajziy, Ismatulla Rahmatullaev, qo‘qonlik  Hamza  Hakimzoda  Niyoziy 

muhim xizmat ko‘rsatdilar. 




Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling