Samarqand veterineriya meditsinasi instituti “Gumanitar fanlar, jismoniy madaniyat va


-MAVZU: ZAMONAVIY TA’LIM-TARBIYA VA UNING MOHIYATI


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/64
Sana09.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#260871
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   64
Bog'liq
seminar ishlanma

 

3-MAVZU: ZAMONAVIY TA’LIM-TARBIYA VA UNING MOHIYATI 

 

Asosiy tushunchalar 

Ta’lim nazariyasi (didaktika) – shaxsni intellektual jihatdan rivojlantirish, ta’lim jarayonining 

mohiyati, bosqichlari, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘qituvchi va o‘qituvchi faoliyati birligi, o‘qitishning 

mazmuni,  shakl,  metod  va  vositalari,  ta’lim  jarayonini  takomillashtirish  yo‘llari  kabi  muammolarni 

tadqiq etadi.  

Ta’lim o‘z mohiyatiga ko‘ra umumiy va maxsus kabi turlarga ajratiladi.  

Umumiy ta’lim har bir shaxsning kamol topishi hamda u tomonidan hayotiy faoliyatni tashkil eta 

olishi  uchun  zarur  bo‘lgan  ma’lumotlarni  berishga  yo‘naltiriladi.  Umumiy  ta’lim  asosida 

o‘zlashtirilgan ma’lumotlar kelgusida shaxsning kasbiy tayyorgarligini ta’minlashga imkon beruvchi 

maxsus ta’lim olishi uchun asos bo‘ladi.  

Maxsus  ta’lim  –  o‘zida  mutaxassislik  xususiyatlarini  namoyon  qilib,  shaxsga  muayyan  kasbiy 

faoliyatni tashkil etish borasida nazariy bilimlarni berish asosida amaliy ko‘nikma hamda malakalarni 

shakllantirishga xizmat qiladi. 

Ta’lim, shuningdek, darajasi hamda hajmiga ko‘ra boshlang’ich, o‘rta va oliy ta’lim kabi turlarga 

ham  bo‘linadi.  Kasb  ta’limi  (kasbiy  ta’lim  O‘zbekiston  Respublikasida  barkamol  shaxs  va  malakali 

mutaxassisni tayyorlashga yo‘naltirilgan uzluksiz ta’limning muhim bo‘lagi sanaladi.  

Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning asosiy, muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, u jamiyat va 

oilaning barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlash muammolarini o‘rganadi.  

Tarbiya  -  barkamol  shaxs  va  malakali  mutaxassisni  tayyorlash  yo‘lida  amalga  oshirilayotgan 

pedagogik faoliyat jarayoni bo‘lib, ushbu tushuncha negizida odatda aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, 

estetik,  iqtisodiy,  huquqiy,  ekologik  va  jinsiy  tarbiya  kabi  yo‘nalishlarda  tashkil  etilgan  pedagogik 

faoliyat mohiyati, shaxsda tarbiyalangan muayyan sifatlar hamda shakllangan dunyoharash aks etadi. 


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling