Birinchi bosqich (1997-2001 yillar) – mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy qilish va
rivojlantirish uchun xuquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar
yaratish.
Birinchi bosqich bajarilishining monitoringi asosida Milliy dasturni ro‘yobga chiqarish
yo‘nalishlariga aniqliklar kiritiladi.
Ikkinchi bosqich (2001-2005 yillar) – Milliy dasturni to‘liq ro‘yobga chiqarish, mehnat
bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar
kiritiladi hamda;
Majburiy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga, shuningdek o‘quvchilarnin
qobiliyatlari va imkoniyatlariga qarab, tabaqalashtirilgan ta’limga o‘tish to‘liq amalga oshiriladi;
Ta’lim muassasalarini maxsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan to‘ldirish
ta’minlanadi, ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muhit vujudga keltiriladi;
Ta’lim muassasalarining moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlash davom ettiriladi,
o‘quv-tajriba jarayoni yuqori sifatli o‘quv adabiyotlari va ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan
ta’minlanadi, ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muhit vujudga keltiriladi;
Ta’lim muassasalarining moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlash davom ettiriladi,
o‘quv-tarbiya jarayoni yuqori sifatl o‘quv adabiyotlari va ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan
ta’minlanadi. Uzluksiz ta’lim tizimini axborotlashtirish amalga oshiriladi;
19
Ta’lim xizmati ko‘rsatish bozorini shakllantirish mexanizmlari to‘liq ishga solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |