Samarqand veterineriya meditsinasi instituti “Gumanitar fanlar, jismoniy madaniyat va
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
seminar ishlanma
Individuallik-shaxs psixologik, ijtimoiy, fiziologiya xususiyatlarining birikmalarining
qaytarilmasligidir. SHaxs individualligi uning xarakteri, temperamenti, psixik jarayonlarning dinamikasi, hissiyotlari, faoliyatining motivlari, qobiliyatlari va shunga o‘xshashlarning yigindisiga bog’liq. Bularning hammasini birga qo‘shib, mujassamlashtirsak ikita bir xil odam bo‘lmagan va bo‘lmaydi. Har bir odam o‘ziga mansub bo‘lgan sinf millatiga xos. Ko‘pgina umumiy sifatlarga ega bo‘lish bilan bir qatorda o‘zining shaxsiy fazilatlariga egaki, bu sifatlar uni takrorlanmas individuallikga aylantiradi. Olamda bir xil kishi yo‘q. Individullaik kishining o‘ziga xosligini uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir. Individuallik temperament va xarakter xususiyatlaridan odatlarda, ustun darajadagi qiziqishlarda, bilish jarayonlarga oid fazilatlar (idrok, xotira, tafakkur, tasavvur)da Qobiliyatlarda faoliyatning shaxsga xos uslubida va hokazolarda namoyon bo‘ladi. Zikr etilgan psixologik xususiyatlarning bir xildagi birikmasini o‘zida mujassamlashtirigan odam yo‘q – inson shaxsi o‘z individualligi jihatidan betakrordir. SHunday qilib, individuallik inson shaxsiga xos fazilatlarning faqat bitta jihati bo‘lib hisobalanadi, xolos. Ma’lumki odam jamiyatda turli guruhlarda (oilada, o‘qishda, ishda, davrada) bo‘ladi. Har bir guruhda o‘ziga xos ba’zan butunlay bir-biriga o‘xshamaydigan rollarni o‘ynaydi. Lekin shunga qaramay, ko‘pincha odam turli vaziyatlarda o‘xshash sifatlarni namoyon qiladi. Bir qarashda qarama- qarshi ko‘ringan xususiyatlarning namoyon bo‘lishida umumiylik bor. Ana shu shaxs sifatlarning bir- biriga mosligi shaxsning yaxlitligini ko‘rsatadi. SHaxsning psixologik ko‘rinishi, psixologik xususiyatlarining birikmalari har bir odamda nisbatan doimiylikka ega. Odamning psixik holatlari, o‘zini tutishi o‘zgarib tursa ham shaxsning psixologik qiyofasi ma’lum darajada barqaror bo‘lib qolaveradi. SHaxs xususiyatlarining bunday
23 nisbatan barqarorligi unga shaxs sifatida xarakteristika berish, uning ma’lum vaziyatlarda o‘zini qanday tutishini oldindan belgilashning asosi bo‘lib xizmat qiladi. SHaxs xislatlarining bir butunligi va o‘zaro bog’liqligi uning psixologik tuzilishini, dinamik strukturasini hosil qiladi. SHaxsni, uning tuzilishini o‘rganishdan maqsad nima? SHaxsni, uning tuzilishini o‘rganishdan maqsad uni boshqa odamlardan ajratib turuvchi individual xususiyatlarni aniqlashdir. Bu boradagi psixologik tadqiqotlar va nazariy ishlar asosida turli «shaxs tillari»ning ajratishga, ularni o‘rganishga olib keladi. SHaxslarning tipologiyasini yaratish turli odamlardagi individual psixologik xususiyatlarni topish va ulardagi umumiy belgilar, xususiyatlar asosida ularni ma’lum toifalarga birlashtirishga to‘g’ri keladi. Nazariyalar orasida shaxsda ikkita qism, ikkita omilni ajratuvchi yo‘nalishlar ko‘rinarli o‘rin egallagan. Ular shaxs tuzilida ikkita omil, biologik va ijtimoiy omillarni ajratib ko‘rsatadilar. Ma’lumki, shaxs ijtimoiy mavjudod bo‘lishi bilan birga, o‘zida tabiiy, biologik tuzilish belgilarini saqlab qoladi. Ammo ikki faktorni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yib bo‘lmaydi, ular birlikni tashkil qiladi, birgalikda yuzaga chiqadi. Psixologiya tarixida shaxs rivojlanishi va takomillashuvini harakatlantiradigan kuchlar va manbai masalasini hal etishning ikkita yo‘nalishi mavjud bo‘lgan. Bu yo‘nalishlar rivojlanishning biogenetik va sotsiogenetik konsepsialarini nomini olgandir. Biogenetik konsepsiya inson shaxsning rivojlanishi biologik, asosan rasmiy omillar bilan belgilanishga asoslanadi. SHuning uchun ham shaxsning rivojalanishi ichki sabab natijasida (o‘z-o‘zidan) sodir bo‘lish xususiyatiga egadir. SHu nuqtai nazarga binoan kishi tabiatan hissiy taasurotlarning ro‘y berishdagi ba’zi bir xususiyatlarga harakat sur’atining xususiyatlarigagina emas, balki sababiyatlarining muayyan kompleksiga ham moyil (birovlardan jinoyat qilishga boshqalarga ma’muriyatlik faoliyatida yutuqlar qozonishga moyillik va hokazi) bo‘ladi. Kishida guyo uning psixik holati shakllargagina emas, balki uning mazmuni ham tabiat tomonidan programmalashtirilgan psixik rivojalanish bosqichlari va ularning ro‘y berish tartibi oldindan belgilab qo‘yilgan emish. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling