Asosiy tushunchlar
Shaxsning bilish jarayonlariga sezgilar, idrok, xotira, tafakkur, nutq, xayol, diqqat kiradi.
Sezgilar–psixik aks ettirishning oddiy usuli tariqasida xayvonlarga ham, odamlarga ham xos
hususiyat bo‘lib, u voqelikdagi narsa va xodisalarning ayrim belgi va hususiyatlarini bilib olishni
ta’minlaydi. Sezgilar kishiga tevarak-atrofdagi narsa va voqealarning hususiyatlarini bilishga imkon
beradi.
Sezgi a’zolari kishiga tevarak–atrofdagi olamda mo‘ljal olish imkonini beradi. Agar kishi barcha
sezgi a’zolaridan maxrum bo‘lib qolsa bormi, u o‘zining atrofida nimalar yuz berayotganini bila olmas,
tevarak–atrofdagi odamlar bilan munosabatga kirisha olmas, ovqatni qidirib topa olmas, xavf-xatardan
qutilib qola olmas edi.
Sezgi nerv sistemasining u yoki bu kuzatuvchidan ta’sirlanuvchi reaksiyalari tarzida hosil bo‘ladi
va har qanday psixik hodisa kabi reflektorlik hususiyatiga egadir. Kuzatuvchining o‘ziga aynan
o‘xshaydigan analizatorga ta’siri natijasida hosil bo‘ladigan nerv jarayoni sezgining fiziologik negizi
xisoblanadi.
Analizator uch qismdan iborat:
1. Tashqi quvvatni nerv jarayoniga o‘tkazadigan mahsus transformator hisoblangan periferik bo‘lim
(reseptor);
2. Analizatorning periferik bo‘limini markaziy analizator bilan bog’laydigan yo‘llarni ochadigan
afferent (markazga intiluvchi) va efferent (markazdan qoluvchi) nervlar;
3. Analizatorning periferik bo‘limlardan keladigan nerv signallarining qayta ishlanishi sodir
bo‘ladigan qobiq osti va qobiq (miyaning o‘zi bilan tugaydigan) bo‘limlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |