Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar)-to‘plangan tajribani tahlil etish va
umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar
tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish.
Bu bosqichda ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalari yanada
mustahkamlanadi, o‘quv-tarbiya jarayoni yangi o‘quv-uslubiy majmualar, ilg’or pedagogik
texnologiyalar bilan to‘liq ta’minlanadi. Milliy (elita) oliy ta’lim muassasalarini qaror toptirish va
rivojlantirish amalga oshiriladi. Kasb-hunar ta’limi muassasalarining mustaqil faoliyat yuritishi va
o‘zini o‘zi boshqarishi shakllari mustahkamlanadi. Ta’lim jarayonini axborotlashtirish, uzluksiz ta’lim
tizimi jahon axborot tarmog’iga ulanadigan kompyuter axborot tarmog’i bilan to‘liq qamrab olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |