Samarqand veterineriya meditsinasi instituti “Gumanitar fanlar, jismoniy madaniyat va


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/64
Sana09.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#260871
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   64
Bog'liq
seminar ishlanma

Ishlab  chiqarish  -  kadrlarga  bo‘lgan  ehtiyojini,  shuningdek  ularning  tayyorgarlik  sifati  va 

saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini 

moddiy-texnika jihatidan ta’minlash jarayonining qatnashchisi. 

Davlat va jamiyat uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi barcha uchun ochiq bo‘lishini va 

hayot o‘garishlariga moslanuvchiligini ta’minlaydi. 

 

7–MAVZU. PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI, VAZIFALARI VA TADQIQOT 

METODLARI 

 

Asosiy tushunchlar 

«Psixologiya»  so‘zi  ikki  (grekcha  so‘z  «psyuxe»  «jon,  ruh»,  «logos»  «ta’limot») 

birikmasidan  iborat  bo‘lib,  «ruh,  jon»  haqidagi  ta’limot  degan  ma’noni  anglatadi.  Psixik 

hodisalarning barchasi  «psixika»,  «odam psixikasi»,  «kishining ichki  dunyosi»,  «ruhiy hayoti»  kabi 

nomlar bilan ataladi. 

Psixologiya  rivojlanish  tarixida  psixologik  bilimlarning  to‘planishi  ikki  yo‘nalishda  amalga 

oshgan: 

Hayotiy  psixologiyaning  rivojlanishi; 

Ilmiy  psixologiyaning  rivojlanishi. 

Psixik jarayonlar, psixik xususiyatlar, psixik holatlar haqidagi bilimlar hali yuzaga kelmagan juda 

qadim  zamonlardayoq  hayotiy  tajriba  asosida  yuzaga  kelgan.  Bu  bilimlar  turli  amaliy  faoliyat, 

hamkorlik, o‘zaro munosabatlar jarayonida shakllanib avloddan-avlodga o‘tib, tilda, xalq ijodiyotida, 

maqollarda, san’at asarlarida o‘z ifodasini topgan.  

Psixologiyaning fan sifatida rivojlanishi tarixini to‘rt bosqichga bo‘lish mumkin: 

Psixologiyaga bundan 2500 yil avval shunday ta’rif berilgan. U davrda inson hayotidagi ko‘plab 

tushunarsiz voqealarni jon, ruh va uning xususiyatlariga bog’lab tushuntirishga o‘ringanlar. 

Tabiiy fanlarning rivojlanishi ta’siri ostida XVII asrda paydo bo‘ldi. Kishining fikrlash, his qilish, 

istaklarining namoyon bo‘lishini ong deb atadilar. Psixologiya fanining eng asosiy tadqiqot metodi - 

bu  o‘z-o‘zini kuzatish va tahlil qilish hisoblangan. 



20 

 

XX    asrda  shakllangan  bo‘lib,  psixologiyaning  asosiy  vazifasi  bevosita  kuzatish  imkoniyati 

bo‘lgan  psixik  hodisalar,  ya’ni  kishining  xulq-atvori,  harakatlari,  reaksiyasi  kabilarni  o‘rganish 

hisoblangan. Kishining hattii-harakatlari ostida yotgan motivlar hisobga olinmagan. 

Hozirgi zamon psixologiya fani psixologiyaning fan sifatida rivojlanishi falsafa, tabiiy va tibbiy 

fanlar, aniq fanlar sohasidagi ko‘plab boy tajribalarga asoslanib shakllangan. 




Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling