Inson, odam ko‘plab fanlarning o‘rganish obyekti bo‘lib hisoblanadi. Ular odamlarning turli
tomonlarini va hayot tarzini, rivojlanishi va boshqalarni o‘rganadi. O‘z obyektini belgilash va ta’riflash
uchun turli tushunchalar qo‘llaniladi. Psixologiya fani odamni jamiyatda, boshqalar bilan munosabatda
bo‘luvchi ongli faoliyat subyekti sifatida o‘rganadi. Psixologiya fani odamni ta’riflashda ko‘plab
22
tushunchalar qo‘llaniladi. SHu jumladan «shaxs», «individ», «individuallik» tushunchalari ham
qo‘llaniladi.
Odamning insonlik jinsiga mansubligi individ tushunchasi bilan ifodalanadi. Katta yoshdagi
kishilar, chaqaloqlar, tilni va oddiy malakalarni o‘zlashtira olmaydigan ruhiy kasallar (telbalar) ham
individdir. Individ tushunchasida kishining biologik turga mansubligi aks ettirilgan. Barcha kishilar
odamlar individdir.
Do'stlaringiz bilan baham: