Samarqand veterineriya meditsinasi instituti “Gumanitar fanlar, jismoniy madaniyat va


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/64
Sana09.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#260871
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   64
Bog'liq
seminar ishlanma

Individuallik-shaxs  psixologik,  ijtimoiy,  fiziologiya  xususiyatlarining  birikmalarining 

qaytarilmasligidir.  SHaxs  individualligi  uning  xarakteri,  temperamenti,  psixik  jarayonlarning 

dinamikasi,  hissiyotlari,  faoliyatining  motivlari,  qobiliyatlari  va  shunga  o‘xshashlarning  yigindisiga 

bog’liq.  Bularning  hammasini  birga  qo‘shib,  mujassamlashtirsak  ikita  bir  xil  odam  bo‘lmagan  va 

bo‘lmaydi. 

Har bir odam o‘ziga mansub bo‘lgan sinf millatiga xos. Ko‘pgina umumiy sifatlarga ega bo‘lish 

bilan  bir  qatorda  o‘zining  shaxsiy  fazilatlariga  egaki,  bu  sifatlar  uni  takrorlanmas  individuallikga 

aylantiradi.  Olamda  bir  xil  kishi  yo‘q.  Individullaik  kishining  o‘ziga  xosligini  uning  boshqa 

odamlardan  farqini  aks  ettiruvchi  psixologik  fazilatlar  birikmasidir.  Individuallik  temperament  va 

xarakter  xususiyatlaridan  odatlarda,  ustun  darajadagi  qiziqishlarda,  bilish  jarayonlarga  oid  fazilatlar 

(idrok, xotira, tafakkur, tasavvur)da Qobiliyatlarda faoliyatning shaxsga xos uslubida va hokazolarda 

namoyon  bo‘ladi.  Zikr  etilgan  psixologik  xususiyatlarning  bir  xildagi  birikmasini  o‘zida 

mujassamlashtirigan odam yo‘q – inson shaxsi o‘z individualligi jihatidan betakrordir.  

SHunday  qilib,  individuallik  inson  shaxsiga  xos  fazilatlarning  faqat  bitta  jihati  bo‘lib 

hisobalanadi, xolos. 

Ma’lumki  odam  jamiyatda  turli  guruhlarda  (oilada,  o‘qishda,  ishda,  davrada)  bo‘ladi.    Har  bir 

guruhda  o‘ziga  xos  ba’zan  butunlay  bir-biriga  o‘xshamaydigan  rollarni  o‘ynaydi.  Lekin  shunga 

qaramay, ko‘pincha odam turli vaziyatlarda o‘xshash sifatlarni namoyon qiladi. Bir qarashda qarama-

qarshi ko‘ringan xususiyatlarning namoyon bo‘lishida umumiylik bor. Ana shu shaxs sifatlarning bir-

biriga mosligi shaxsning yaxlitligini ko‘rsatadi. 

SHaxsning  psixologik  ko‘rinishi,  psixologik  xususiyatlarining  birikmalari  har  bir  odamda 

nisbatan  doimiylikka  ega.  Odamning  psixik  holatlari,  o‘zini  tutishi  o‘zgarib  tursa  ham  shaxsning 

psixologik  qiyofasi  ma’lum  darajada  barqaror  bo‘lib  qolaveradi.  SHaxs  xususiyatlarining  bunday 



23 

 

nisbatan  barqarorligi  unga  shaxs  sifatida  xarakteristika  berish,  uning  ma’lum  vaziyatlarda  o‘zini 

qanday tutishini oldindan belgilashning asosi bo‘lib xizmat qiladi.  

SHaxs  xislatlarining  bir  butunligi  va  o‘zaro  bog’liqligi  uning  psixologik  tuzilishini,  dinamik 

strukturasini  hosil  qiladi.  SHaxsni,  uning  tuzilishini  o‘rganishdan  maqsad  nima?  SHaxsni,  uning 

tuzilishini  o‘rganishdan  maqsad  uni  boshqa  odamlardan  ajratib  turuvchi  individual  xususiyatlarni 

aniqlashdir.  Bu  boradagi  psixologik  tadqiqotlar  va  nazariy  ishlar  asosida  turli  «shaxs  tillari»ning 

ajratishga,  ularni  o‘rganishga  olib  keladi.  SHaxslarning  tipologiyasini  yaratish  turli  odamlardagi 

individual  psixologik  xususiyatlarni  topish  va  ulardagi  umumiy  belgilar,  xususiyatlar  asosida  ularni 

ma’lum toifalarga birlashtirishga to‘g’ri keladi.  

Nazariyalar  orasida  shaxsda  ikkita  qism,  ikkita  omilni  ajratuvchi  yo‘nalishlar  ko‘rinarli  o‘rin 

egallagan. Ular shaxs tuzilida ikkita omil, biologik va ijtimoiy omillarni ajratib ko‘rsatadilar.  

Ma’lumki, shaxs ijtimoiy mavjudod bo‘lishi bilan birga, o‘zida tabiiy, biologik tuzilish belgilarini 

saqlab  qoladi.  Ammo  ikki  faktorni  bir-biriga  qarama-qarshi  qo‘yib  bo‘lmaydi,  ular  birlikni  tashkil 

qiladi, birgalikda yuzaga chiqadi. 

Psixologiya tarixida shaxs rivojlanishi va takomillashuvini harakatlantiradigan kuchlar va manbai 

masalasini hal etishning ikkita yo‘nalishi mavjud bo‘lgan. Bu yo‘nalishlar rivojlanishning biogenetik 

va sotsiogenetik konsepsialarini nomini olgandir. Biogenetik konsepsiya inson shaxsning rivojlanishi 

biologik,  asosan  rasmiy  omillar  bilan  belgilanishga  asoslanadi.  SHuning  uchun  ham  shaxsning 

rivojalanishi ichki sabab natijasida (o‘z-o‘zidan) sodir bo‘lish xususiyatiga egadir. SHu nuqtai nazarga 

binoan kishi tabiatan hissiy taasurotlarning ro‘y berishdagi ba’zi bir xususiyatlarga harakat sur’atining 

xususiyatlarigagina  emas,  balki  sababiyatlarining  muayyan  kompleksiga  ham  moyil  (birovlardan 

jinoyat  qilishga  boshqalarga  ma’muriyatlik  faoliyatida  yutuqlar  qozonishga  moyillik  va  hokazi) 

bo‘ladi.  Kishida  guyo  uning  psixik  holati  shakllargagina  emas,  balki  uning  mazmuni  ham  tabiat 

tomonidan  programmalashtirilgan  psixik  rivojalanish  bosqichlari  va  ularning  ro‘y  berish  tartibi 

oldindan belgilab qo‘yilgan emish.  




Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling