Har qanday muloqot rasmiy yoki norasmiy bo`ladi.
Rasmiy muloqot odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq-atvoridan kelib
chiqadi. Masalan, rahbarning o`z xodimlari bilan, professorning talaba bilan muloqoti.
Norasmiy muloqot odamning shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni o`sha
suhbatdoshlarning fikr-uylari , niyat-maqsadlari va emotsional munosabatlari bilan belgilanadi. M:
do`stlar suhbati, poezdda uzoq safarga chiqqan yo`lovchilar suhbati, tanaffusda talabalarning sport,
moda, shaxsiy munosabatlar borasidagi suhbati. Odamlarning asl tabiatiga mos bo`lgani uchun ham
norasmiy muloqot doimo odamlarning hayotida ko`proq vaqtini oladi va bunda ular charchamaydilar.
Lekin bunday muloqotga ham qobiliyat kerak, ya’ni uning qanchalik sergapligi, ochiq ko`ngilligi,
suhbatlashish yo`llarini bilish, til topishish qobiliyati, o`zgalarni tushunish va boshqa shaxsiy sifatlari
kundalik muloqotning samarasiga bevosita ta’sir kursatadi. SHuning uchun hamma ham rahbar bo`la
olmaydi, ayniqsa, pedagogik ishga hamma ham qo`l uravermaydi, chunki buning uchun ham rasmiy,
ham norasmiy muloqot texnikasidan xabardor bo`lish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |