Samarqand veterineriya meditsinasi instituti “Gumanitar fanlar, jismoniy madaniyat va
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
seminar ishlanma
31
SHaxsning individual–psixologik hususiyatlarini aks ettiruvchi tushunchalardan biri–
temperamentdir. Teperament bu lotincha so‘z bo‘lib, qismlarning bir–biriga munosabati ma’nosini anglatadi va shaxsning individual–psixologik hususiyatlarini majmuini bildiradi. Temperament shaxsning xulq–atvori va faoliyatining dinamik va emotsional tomonlari bilan xarakterlanadi. Temperament to‘g’risidagi g’oya va bilimlar qadimdan qadim dunyo tabibi Gippokrat yozuvlarida qayd etilgan. U temperament to‘g’risidagi tushunchalarni odam nerv sistemasi bilan bog’lab emas, balki, organizmdagi turli suyuqliklar: qon, limfa, safro kabilarga, bog’lab tushuntirib bergan. I.Kant esa shaxsdagi hissiylik va faoliyatga ko‘ra kuzatiladigan hususiyatlar majmuini 4 guruhga bo‘lib temperamentni tushuntirgan. Hozirgi zamon psixologiyasida nemis faylasufi I.Kant tomonidan asoslangan temperament turlaridan fanda foydalaniladi. Xolerik–faol, qiziqqon, hissiy kechinmalarni keskin o‘zgartira oladigan, hissiy kechinmalarni kuchli ifodalangan, optimist, arazchi, kek saqlamaydigan, biroz yolg’onchiroq ham, har qanday ishni ko‘tarinki ruh bilan boshlaydi va shu ko‘tarinki ruh bilan tashlab ketadi, besabr, kayfiyatga beriluvchan. Sangvinik–ochiq, kirishuvchanlik, suzomol, tashabbuskor, qulaylikni yoqtiradigan, chelovek– komfort, yaxshi suhbatdosh, ko‘p va’da berib, lekin ko‘pincha ularni ado etmaydi, mehribon, yordam berishga tayyor, quvnoq, ekstrovert. Flegmatik–passiv, intiluvchanlik, boshlagan ishini oxirigacha etkazadi, hissiy kechinmalari zaif ifodalangan, o‘zini bosib olgan, og’ir vazmin, introvert odam. Melanxolik–o‘ta ta’sirlanuvchan, ko‘pincha ezilgan qiyofada, siqilgan kayfiyatda yuruvchi, og’ir, odamovi, nimadir unga etishmaydi, o‘ziga ishonmaydigan, havsiraydigan odam. SHaxs va temperament o‘zaro shunday bog’langanki, temperament shaxsga oid turli hususiyatlarning asosini belgilaydi. Temperamentdan shaxsning quyidagi hususiyatlarini aniqlash mumkin: hissiylik, havotirlik, ta’sirlanish, impulsivlik. SHaxsda ko‘tarilgan hususiyatlarning u yoki bu darajada namoyon bo‘lishiga ko‘ra uning temperamentini belgilash mumkin bo‘ladi. Temperament shaxsning qobiliyatlarini rivojlanishga ham o‘z ta’sirini bevosita ko‘rsatadi. Diqqat, harakat, tezlik va tormozlanish bilan bog’liq qobiliyatlarga temperament ta’sirini sezilarlidir.
Qobiliyatlar individual-psixologik xususiyatlar sifatida, bir odamning boshqa odamdan farq qiladigan belgilari kabi ta’riflanadi.Qobiliyatlar shaxsning mazkur faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti xisoblangan va buning uchun zarur bilim, kunikma va malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon buladigan individual-psixologik xususiyatlardir.
Agar shaxsning ma’lum sifatlar yig’indisi biror vaqt ichida quyilgan talablarga javob bersa, bu narsa bizga unda mazkur faoliyatga qobiliyat borligi tug’risida xulosa chiqarishga asos buladi.Agar kishi xuddi shunaqa boshqa sharoitlarga uning oldiga faoliyat rubaru qiladigan talblarning uddasidan chiqa olmasa, undategishli qobiliyatlar yuq deb taxmin qilishga asosdir. Qobiliyatlar kishining shunday psixologik xususiyatlaridirki, bilim, kunikma, malakalar orttirish shu xususiyatlarga bog’liq buladi, lekin bu xususiyatlarning uzlari mazkur bilim,kunikma va malakalarga taaluqli bulmaydi.Qobiliyatlar faqat faoliyatda shunda xam faqat ana shu qobiliyatlarsiz amalga oshirilishi mumkin bslmagan faoliyatdagina namoyon buladi.Agar kishini rrasm chizishga urgatishga xam urinishmayotgan bulsa, agar bu faoliyat uchun xech qanday kunikmani egallamagan bulsa, uning rasm solish qobiliyatlari tug’risida gap bulishi xam mumkin emas. Faqat tasviriy sa’natga maxsus uqitish jarayonida uquvchida qobiliyatbor yo yuqligi aniqlanish mumkin.Bu uning ish usullari va rang munosabatlarini qanchalik tez va oson uzlashtirib olishida namoyon buladi.
Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling