Samarqand viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 0.56 Mb.
bet1/24
Sana05.09.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1672885
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
AlgoritmQo\'llanmaTugalov


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

SAMARQAND VILOYAT PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI



INFORMATIKA KAFEDRASI
Algoritm va algoritmlash asoslaridan foydalanish


(Informatika fani o`qituvchilari uchun uslubiy tavsiyanoma)


Samarqand – 2013 yil




O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi
Samarqand viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti

INFORMATIKA KAFEDRASI
Algoritm va algoritmlash asoslaridan foydalanish


Uslubiy tavsiyanoma


(Informatika fani o’qituvchilari uchun uslubiy tavsiyanoma)
Samarqand – 2013 yil


Aminov I.B., Tugalov R,. Oqnazarov T., Mannabov J. Algoritm va algoritmlash asoslari . Uslubiy tavsiyanoma. – SamarqandVPKQTMO.

Uslubiy tavsiyanoma umumta’lim maktablarining informatika fani o’qituvchilari uchun mo’ljallangan bo’lib, u algoritm va algoritmlash asoslarining boshlang’ich tushunchalari, asosiy elementlari, operatorlari, ularning turlari va qo’llanilish o’rni, algoritm tuzish ko’nikma va malakalarini shakllantirish bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni o’z ichiga olgan.




Taqrizchilar: F.Nomozov, SamDU «Axborotlashtrish texnologiyalari» kafedrasi dotsenti.
Q.Xoliqov, VPKQTMOI «Tabiiy fanlar ta’limi» kafedrasi mudiri.



Mazkur uslubiy tavsiyanomani institut ilmiy kengashining 2013-yil ____iyundagi ___sonli qaroriga asosan chop etishga ijozat beraman.

© Samarqand- 2013 yil


So’z boshi

Asrimizni globallashtirish va axborotlashtirish asri deb yuritilmoqda. Darhaqiqat har tomonlama rivojlanayotgan jamiyat taraqqiyotini axborot texnologiyalarisiz, ayniqsa komphyuterlarsiz tasavvur etish mushkul. Axborot-kommunikasiya texnologiyalari (AKT) sohasi inson faoliyatining yuqori sur’atlarda, shiddat bilan rivojlanib borayotgan alohida sohalaridan hisoblanadi. . Bu esa ta’lim tizimida, xususan o’quv jarayonlarini tashkil etish va amalga oshirish, o’quv-uslubiy ta’minotni rivojlantirish, ayniqsa o’quv mashg’ulotlarini o’tish va o’zlashtirish samaradorligini oshirish borasida yangicha mazmun va mohiyat shakllanishiga asos yaratmoqda.


Shu narsa quvonchliki, Respublikamizni mustaqillikka erishuvi natijasida hozirgi kunda barcha o’quvchilar va talabalar zamonaviy kompyuterlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Shu bois ham, "Informatika va axborot texnologiyalari" fani barcha o’quv yurtlarida o’qitiladigan kompyuter savodxonligi borasidagi uzluksiz dastur tizimiga kiritilgan Davlat ta’lim konsepsiyasiga asoslanadi.
Bunday ulkan vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirishda o’qituvchi va talabalarga davlat tilida kerakli o’quv adabiyotlarini yetkazish alohida ahamiyatga ega.
Uslubiy tavsiyanoma informatika fani o’qituvchilari uchun mo’ljallangan bo’lib, u algoritm tushunchasi, unig xossalari,berilish usullari, turlari va qo’llanilish o’rni, matematik masalalarni yechish algoritmlarini tuzish yuzasidan ko’nikma va malakalarini shakllantirish bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni o’z ichiga olgan.
Uslubiy tavsiyanoma 2 ta paragrafdan iborat bo’lib, u algoritm va algoritmlash jarayoni to’g’risida umumiy ma’lumotlar, amaliy mashg’ulotlar, mustaqil ishlash uchun masalalar, takrorlash uchun savollar, nazorat uchun test savollari va foydalanish uchun adabiyotlar ro’yxatini o’z ichiga olgan.
Uslubiy tavsiyanomadan maktab o’qituvchilari “ Informatika va hisoblash texnikasi asoslar” fanidan algoritm va algoritmlash jarayoniga doir mavzularni o’qitishda foydalanishlari mumkin.
Bundan tashqari uslubiy tavsiyanomadan sanoq sistemalarini o’rganishga qiziqqan barcha maktab, akademik litsey va kasb-hunar kolleji o’quvchilari, oliy o’quv yurti talabalari va magistrlari ham foydalanishlari mumkin.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling