Samarqand viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti
Tarmoqlanuvchi jarayonlarni algoritmlash
Download 0.56 Mb.
|
AlgoritmQo\'llanmaTugalov
2.2. Tarmoqlanuvchi jarayonlarni algoritmlash.
Shunday hisoblash jarayonlari mavjud bo’ladiki, bunda qo’yilgan ayrim mantiqiy shartlarning bajarilishiga qarab, bu jarayonlar bir nechta tarmoqqa bo’linadi. Hisoblash jarayonlarining shundayiga tarmoqlangan deb ataladiki, unda u birlamchi yoki oraliq ma’lumotlar xususiyatidan kelib chiqqan holda bir yoki bir necha yo’nalish bo’yicha bajarilishi mumkin bo’ladi. Bunda har bir yo’nalish hisoblash jarayonining tarmog’i hisoblanadi. U yoki bu tarmoqning tanlanishi mantiqiy shartlarning bajarilishini tekshirish asosida ta’minlanadi. Aniq bir holda jarayon faqat tarmoqlarning bittasi bo’yicha bajariladi. Boshqa tarmoqlanish-larning bajarilishi mumkin emas.Tarmoqlanuvchi struktura odatda qandaydir mantiqiy shartni tekshirish blokini o’z ichiga oladi. Tekshirish natijasiga ko’ra, tarmoq deb ataluvchi u yoki bu amallar ketma-ketligi bajariladi va shu tarmoqlardan hyech bo’lmaganda bittasi bajariladi. Shartni tekshirish natijasi faqat ikki hil bo'lganda: bajarilgan hoi uchun «Ha» (yoki «+»), bajarilmagan hoi uchun «Yo'q» (yoki «—») belgilari qo'yiladi Tarmoqlanish matematik ifoda qiymatining ishorasi bo'yicha bo'lganda (arifmetik shart): «>» — musbat, «<» — manfiy va «= » — nolga teng belgilar qo'yiladi . Ana shunday jarayonlar uchun algoritmlar tuzishda tarmoqlanuvchi algoritmlardan foydalaniladi. Tarmoqlanuvchi algoritm to’la va qisqartirilgan ko’rinishda berilishi mumkin. Ular quyidagicha sxema orqali ifodalanadi: ha yo’q ha yo’q shart shart 1 - amal 2-amal amal a) to’la ko’rinish b) qisqartirilgan ko’rinish Tarmoqlanuvchi jarayon uchun algoritm tuzishga doir misollar keltiramiz. 1-misol. Ixtiyoriy berilgan x va y sonlaridan eng kattasini topish algoritmini tuzing. Yechish. Buning uchun berilga ikkita sonni taqqoslaymiz: agar x>=y bo’lsa u holda x sonini katta son z=x deb, aks holda esa y sonini katta son z=y deb qabul qilamiz. Algoritmning matn va blok sxema ko’rinishlari: 1.Boshlash. 2.x ва y quymatlarni kiritish. 3.agar x>= y bo’lsa, natija x deb olinib 5 ga o’tilsin. 4. natija y deb olinsin. 5.Tamom. boshlash x,y ni kiritish ha yo’q
z = x x>=y z = y
tamom 2- misol. ifodaning qiymatini hisoblash algoritmini tuzing. Yechish. Bu yerda x ni qiymati kiritilgandan so’ng u 0 soni biam taqqoslanadi. Agar x<0 bo’lsa y=1+2x, x=0 bo’lsa y=x+1, x>0 bo’lsa y=2+x ifodani qiymati hisoblanishi kerakligi ko’rsatiladi. boshlash x ni kiritish ha yo’q yo’q y =1+2x x < 0 x=0 y = x + 1 ha y = 2+x y ni chiqarish 0> Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling