15-masala(1085). 1) Nechta ikki xonali son 5 ga bo‘linadi?
2) Nechta uch xonali son 5 ga bo‘linadi?
Yechimi.
1) Ma’lumki, son 5 ga bo‘linishi uchun uning oxirgi raqami 0 yoki 5 raqami bilan tugashi kerak. Ikki xonali sonning birlar xonasiga 0 raqamini qo‘ysak, o‘nlar xonasiga 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 raqamlarining har birini qo‘yib, jami 9 ta 5 ga bo‘linadigan 2 xonali son hosil qilish mumkin. Xuddi shunday birlar xonasiga 5 raqamini qo‘yib, yana 9 ta ga bo‘linadigan ikki xonali son hosil qilish mumkin. Demak, 9+9=18 ta 5 ga bo‘linadigan ikki xonali son mavjud;
2) Uch xonali sonning birlar xonasiga 0 raqamini qo‘ysak, o‘nlar xonasiga 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9 raqamlarining har birini qo‘yish mumkin. Ya’ni jami 10 ta. Yuzlar xonasiga esa 1,2,3,4,5,6,7,8,9 raqamlarining har birini qo‘yib, 10+10+10+10+10+10+10+10+10=90 ta oxirgi raqami 0 bilan tugaydigan ikki xonali son mavjud ekanligini topish mumkin. Xuddi shunday, birlar xonasiga 5 raqamini qo‘yib ham yana 9 ta 5 ga bo‘linadigan son hosil qilish mumkin. Demak, jami 90+90=180 ta 5 ga bo‘linadigan 3 xonali son mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |