4-masala(1074). Tog’dagi ko‘lga 4 ta yo‘l olib boradi. Ko‘lga necha xil usulda borish va kelish mumkin? Agar kelishda boshqa yo‘ldan yurilsachi?
Yechimi.
a) Ko‘lga necha xil usulda borish va kelish mumkin ekanligini topamiz:
Faraz qilaylik, ko‘lga birinchi yo‘ldan borilsa, qaytish uchun 4 ta yo‘l mavjud. Demak, har bir ko‘lga borilgan yo‘lga mos holda qaytish uchun 4 tadan yo‘l bor. Kombinatorika qo‘shish qoidasiga ko‘ra, jami 4+4+4+4=16 xil usulda ko‘lga borish va kelish mumkin.
b) agar kelishda boshqa yo‘ldan yurilsa:
Agar kelishda boshqa yo‘ldan yurilsa, har bir ko‘lga borilgan yo‘lga mos holda va undan farqli bo‘lgan 3 tadan qaytish uchun yo‘l bor. Ya’ni jami 3+3+3+3=12 xil usul mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |