Samarqand viloyati aholisining hududiy tarkibi
SAMARQAND VILOYATI HUDUDLARI BO'YICHA AHOLI SONINING TAQSIMLANISHI (2022 y)
Download 25.13 Kb.
|
Samarqand viloyati aholisining hududiy tarkibi (2)
SAMARQAND VILOYATI HUDUDLARI BO'YICHA AHOLI SONINING TAQSIMLANISHI (2022 y)
Jadval samstat.uz sayti ma'lumotlari asosida tuzilgan. Aholi sonining oshishi ko'rsatkichi bo'yicha Urgut, Pastdarg'om tumanlari hamda Samarqand shahri yetakchilik qilmoqda. Jumladan, Samarqand shahar aholisi 2021 yilga nisbatan 6,4 ming kishiga ko`paygan va 561,7 ming kishiga (2022 y) yetgan. Aholi sonining kamligi bilan Qo`shrobot, Paxtachi va Nurobod tumanlari ajralib turadi. Aholi asosan ekologik holati yaxshi boʻlgan, ichimlik suvi, elektr energiyasi bilan ta'minlangan, tabiiy gaz, oziq-ovqat mahsulotlari, qandolat mahsulotlari, yog' ishlab chiqarish zavodlari va sanoatlashgan joylarda ko'p tarqalgan. Aholining asosiy qismi viloyatning tekislik qismida ko'p tarqalgan bo'lib, ichimlik suvi bilan yaxshi ta'minlanmagan hududlarda esa kamroq tarqalgan. Samarqand viloyatida 2022 yil ma`lumotiga ko`ra jami aholi 4031,3 ming kishi, shundan 1513,0 ming kishi shaharlarda yashaydi. Hozirgi kunda Samarqand viloyati ma`muriy jihatdan 14 ta qishloq tumanlari, 11 ta shahar va 88 ta shaharcha, 1901 ta qishloq aholi punktlaridan iborat. Xulosa Samarqand viloyati aholisining hududiy tarkibini o`rganish shundan dalolat beradiki, Samarqand viloyatida 2022 yil ma`lumotiga ko`ra 4031,3 ming kishi , shundan 1513,0 ming kishi shaharlarda yashaydi. Hozirgi kunda Samarqand viloyati ma`muriy jihatdan 14 ta qishloq tumanlari, 11 ta shahar va 88 ta shaharcha, 1901 ta qishloq aholi punktlaridan iborat. Viloyat aholisi asosan Urgut, Pastdarg`om tumanlari hamda Samarqand shahrida aholi zich, Qo`shrobot, Paxtachi va Nurobot tumanlarda esa siyrak joylashgan. Viloyat hududida aholi soni, zichligi, mehnat resurslari salmog`ini hisobga olib, aholi punktlarida aholiga xizmat ko`rsatish salohiyatini yaxshilash, kichik korxonalar qurish va umuman aholi bandligini yaxshilash lozim hisoblanadi. Download 25.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling