Samarqand viloyati aholisining hududiy tarkibi


Download 25.13 Kb.
bet2/4
Sana30.04.2023
Hajmi25.13 Kb.
#1409247
1   2   3   4
Bog'liq
Samarqand viloyati aholisining hududiy tarkibi (2)

Asosiy qism
Samarqand viloyati O'zbekiston Respublikasining markazida, Zarafshon vodiysining oʻrta qismida qadimgi Buyuk Ipak yo'li o'tgan hududida joylashgan boʻlib, savdo-sotiq, hunarmandchilik, shaharsozlik kabi tarmoqlar rivojlangan. Mintaqa sharq va g'arb mamlakatlari bilan savdo iqtisodiy munosabatlarni olib borishda qadimdan katta mavqega ega bo'lib, qadimgi sivilizatsiyaning asosiy markazi boʻlgan va hozirda bu hududda qadimgi shaharsozlik an'analari saqlanib qolgan. Biroq viloyat tabiiy sharoitining turlicha ekanligi va tabiiy resurslarning notekis taqsimlanganligi, aholi manzilgohlarining qulay geografik o'ringa ega bo'lgan Zarafshon vodiysida joylashishiga zamin yaratgan. [2]
Koʻhna, noyob tarixiy obidalarga boy bo'lgan Samarqand shahri viloyatning markaziy shahri boʻlib, u 1924-1930-yillarda O'zbekiston poytaxti vazifasini ham bajargan. Shaharda qadimdan aholi gavjum bo'lgan. Qadimdan "Sharq jannati" nomini olgan bu shahar Zarafshon daryosining chap sohilida joylashgan dunyodagi eng ko'hna shaharlardan biridir. O'z tarixiga ega boʻlgan Samarqand o'zining tarixiy obidalari va aholisining madaniyati bilan ham boshqa hududdan ajralib turgan. Hozirgi kunda ham Samarqand shahri nafaqat O'zbekiston, balki Oʻrta Osiyodagi eng yirik ijtimoiy, iqtisodiy, turizm va madaniyat markazidir. Ushbu shahar oʻzining yuksak ijtimoiy-iqtisodiy, demografik salohiyatiga asoslangan holda respublikadagi yirik Samarqand aglomeratsiyasi shakllangan . Samarqand viloyati hududida joylashgan eng yirik guruhli aholi punktlari tizimi Samarqand aglomerasiyasi hisoblanadi. Ma`lumki, aglomerasiyaning tashkil topishi va rivojlanishi asosan hozirgi zamon urbanizasiya jarayonlari hamda shahar va boshqa aholi punktlari aholisining bir- biri bilan bevosita aloqadorligi, shuningdek sanoat va agrosanoat majmualarining borligi bilan bog`liqdir. Demak, aholi punktlari aglomerasiyasi murakkab hududiy ijtimoiy- iqtisodiy tizim bo`lib, ularni o`rganish ishlab chiqarishni va aholini joylashtirishda muhim ahamiyatga ega.
Shu soha yirik mutaxassislaridan biri G.M Lapponing fikricha, shahar aglomerasiyalari bu shaharlar va qishloq aholi punktlari to`plami bo`lib, ular yirik markazlar atrofida vujudga keladi. Bu yerda urbanizasiya jarayonlari ta`sirida aholining turmush tarzi chuqur o`zgaradi [8]
Samarqand shahri aholi soniga ko'ra respublikamizning an'anaviy ikkinchi shahri va unung dastlabki poytaxti hisoblanadi. Aholi soniga ko'ra 2022 yil ma`lumoti bo`yicha 4031,3 ming kishi yashaydi. Samarqand viloyati aholi soni jihatidan respublikada birinchi o'rinda turadi. Shundan kelib chiqib hududning aholisi soni kundan kunga tabiiy o`sish yuqoriligi sababli ortib borayotganligini ko'rishimiz mumkin.Aholi jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi. Shu bilan birga - aholi sanoat, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining, transportning va xizmat koʻrsatish sohalarining asosiy iste'molchisidir. Shu sababli, aholining soni har bir viloyat uchun muhim omil hisoblanadi . Viloyatda aholi soni hududlar bo'yicha notekis taqsimlanganligini ko'rishimiz mumkin .Aholi sonining notekis taqsimlanishiga bir qancha omillar o'z ta'sirini koʻrsatadi. Bularga relyef, iqlim, suv resurslari, yer resurslari, foydali qazilma konlari, sanoat , qishloq xo`jaligi, transportning rivojlanishi ta`sir etadi.
Samarqand viloyati aholi soni bo'yicha respublikada birinchi o'rinda va respublika aholisining 11,4 foizini tashkil etishini inobatga olsak, hududdagi aholini ish bilan ta'minlash, aholining yashash sharoitlarini yaxshilash masalalari dolzarb ahamiyat kasb etadi. Samarqand viloyatining doimiy aholisi sonida qishloq aholisi soni 60% dan koʻpchillikni tashkil etadi. Bu o'z navbatida qishloqlarda yashovchi aholining turmush darajasini yuksaltirish kerakligini ko`rsatadi.
1-jadval

Download 25.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling