5- Guruh Biz bilamizki, ba`zi bir ayollarimiz biologiya fanini tub mohiyatini tushunmasada ,uy sharoitida tayyorlaydigan konserva va sut mahsulotlari mazasi tahsinga sazovor.Ana shunday xotin –qizlarimizga tayyorlaydigan ishlarini ilmiy mohiyatini tushuntirgan holda,o`z uylarida kichik ishlab chiqarish sexlari yaratib bergan holda ,jamiyatga o`z hissalarini qo`shish va savodxonligini oshirishga ko`mak bergan bo`lardik.
Biz o`tgan safar Eukariotlar olamining keng tarqalfan vakillaridan O`simliklar olami xilma xilligi mavzusini o`tgan edik.Hozir guruhlarga topshiriqlar berish orqali osimliklar olami,ularning tarqalishi,tuzilishi, hayotiy jarayonlari, ahamiyati to`g`risidagi bilimlarini aniqlab olamiz.
O`tilgan mavzu bo`yicha topshiriqlar
1-Guruh topshirig`i Klaster bilan ishlash
Tuban o`simliklarga xos xususiyatlarni ayting
2- guruh topshirig`i Tushunchalar tahlili (yozma topshiriq)
Botanika bo`limidan o`rganganlaringiz orqali yuksak o`simliklarga xos belgilarni yozing
Har bir guruh a`zosi yuksak o`simliklar bo`limiga xos belgilarni yozadi,bitta a`zosi umumiy o`qib eshittiradi. Masalan quyidagicha bo`lishi mumkin
1.Yo`sinlar-sernam tuproqda o`sishga moslashgan poyabargli o`simliklar bo`lib,ildiz rivojlanmagan,sporalar orqali jinssiz va jinsiy gallanish yo`li bilan ko`payadigansodda o`simliklar hisoblanadi
2.Qirqbo`g`imlar ildizpoyali,tanasi bo`g`imlarga bo`lingan,mayda bargli, shox va barglari bo`g`imlarda halqa hosil qilib joylashgan ,vegetativ va jinsiy yo`l bilan ko`payuvchi ko`p yillik o`simliklar hisoblanadi
3.Qirqquloqlar sernam joylarda o`sishga moslashgan,ayrim jinsli,jinsiy va vegetativ yo`l bilan ko`payuvchi ildizpoyali ko`p yillik o`tlar
4.Ochiq urug`li o`simliklar urug`idan ko`payuvchi,urug`i ochiq holda yetiluvchi ,urug`I urug`qubbachadagi tangachalarda joylashgan urug`kurtakda hosil bo`luvchi hayotiy shakli daraxt va butalardan iborat ko`p yillik o`simliklar hisoblanadi.
5.Yopiq urug`li o`simliklarildiz,poya barglari, gul ,meva urug`lari tashqi va ichki tuzilishi bo`yicha xilma xil gulli o`simliklardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |