Samarqand viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti masofadan malaka oshirish kursi boshlang‘ich ta’lim 6-guruh tinglovchisi
Raxmatova Gulnozaning
DARS ISHLANMASI
Mavzu: “Qo‘riqchining sabog‘i”
Darsning texnologik xaritasi
Darsning mavzusi:
|
Qo‘riqchining sabog‘i
|
Darsning maqsadlari:
|
Ta`limiy: O‘quvchilarni “Qo‘riqchining sabog‘i” ertagi bilan tanishtirish. Ertakni ifodali o‘qitish. Xulosa chiqarishga o‘rgatish.
Tarbiyaviy: Hayvonlarga, o‘simliklarga, qushlarga mehrli bo‘lishga, ularni qadrlashga o`rgatish.
Rivojlantiruvchi: To`g`ri, ongli, ifodali o`qish malakalarini rivojlantirish, lug`at boyligini oshirish.
|
O`quv jarayonining mazmuni.
|
Ertak tushunchasining takomillashtirish yo`llarini qo`llash. Darslikning 57- 58-sahifalaridagi rasm asosida suhbat qilib, o`quvchilarning ertak haqidagi tushunchalarini boyitish. Feruza Jalilovaning “Qo‘riqchining sabog‘i” ertagi asosida hayvonlarga mehr uyg`otish, maqollar va tez aytishlardan foydalanish.
|
O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi.
|
Metod: suhbat, ifodali o`qish, izohli o`qish, baxtli tasodif o`yini, o`yin-musobaqa, boshqotirmalar.
Jihoz: darslik, tarqatma varqalar,
Nazorat: Og`zaki nazorat, savol-javob, test. Baholash: Rag`batlantirish, 5 balli tizim asosida.
|
Kutiladigan natijalar.
|
O`qituvchi: Mavzuning barcha o`quvchilar tomonidan o`zlashtirilishiga erishish, o`quvchilarning ravon va to`g`ri, ongli va ifodali o`qishining takomillashishiga erishish, ularning o`qish materialini qo`zg`ash va qiziqtirish. O`quvchilarning faollashtirish yo`llarini belgilash va qo`yilgan maqsadga to`liq erishish. O`quvchi: To`g`ri, ongli va ifodali o`qishga o`rganadi. Turli mashqlar vositasida tez o`qish malakalari takomillashadi. Ertak haqidagi tushunchalari kengayadi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |