Samarqand viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti boshlang`ich ta`lim kursi 5-guruh tinglovchisi Soyipov Obidning kurs davomida tayyolagan bir soatlik dars ishlanmasi


V bosqich. Yangi mavzuni mustahkamlash


Download 1.58 Mb.
bet5/5
Sana07.02.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1175985
1   2   3   4   5
Bog'liq
gulnoza

V bosqich. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Sahna ko`rinishi tashkil etiladi. O‘quvchilar ertakni rollarga bo`lib o‘qiydilar.
Savol-javob qilinadi.
1. Hikoya qahramonlari nomlarini aytib bering.
2. Kimlar noto`g`ri ish qilishdi?
3. Qo‘riqchi qanday kishi ekan?
4. Siz ham hayvonlarni yaxshi ko‘rasizmi?
5. Qanday hayvonlarni bilasiz?

VI bosqich. Dars yakuni.
1. Uyga vazifa. Matnni o`qish va qayta so`zlab berish. Ertak asosida rasm chizish.
2. O`quvchilarni baholash. Faol o‘quvchilarni rag‘batlantirish.

Xulosa
Men ushbu dars ishlanmasini o`z tajribamdan foydalanib, tayyorladim. Bugungi kunda darslarni texnologik xarita asosida tayyorlash o`qituvchiga juda yaxshi qulayliklarni tug`diradi. O`qituvchi darslarni qaysi bosqichda nima ish qiladi hammasi texnologik xaritada ko`rsatilganligi uchun dars jarayonida shoshilib qolmaydi.


Xulosa qilib aytganda boshlang`ich ta`lim bosqichida bolalarga o`qish fanidan bilim berishda, ko`nikma va malakalarini shakllantirilishda xilma-xil zamonaviy metod usullaridan foydalanish yuqori natija beradi. Ayniqsa darslarni interfaol usullarda tashkil etish o`qituvchidan ko`p mehnat talab qilsa-da o`quvchilarni aniq, tez javob berish hamda mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish ijodiy faoliyatga yo`naltiradi. Bu dars samaradorligini ta`minlashga xizmat qiladi.
Agar har bir dars shu yo‘sinda o‘tilsa, o‘zlashtirishi sust o‘quvchilar ham darsga jalb etiladi va bilim darajasi kengayadi. Men dars ishlanmamda “Trmoqlash”, “Aqliy hujum”, “Bo`lishi mumkin emas!” metodlaridan foydalandim. Bu metodlar o‘quvchilarni darsga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi.
Men o‘qish davomida yana bir qancha didaktik o‘yinlardan, pedagogik texnologiyalardan o‘rgandim. Bular jumlasiga “Baliq skeletri”, “Bumerang”, “Venn diagrammasi” kabi texnologiyalrni aytish mumkin. Kelgusidagi darslarimda ushbu texnologiyalarni o‘z darslarimda foydalanishni maqsad qilib qo‘ydim.
Foydalanilgan adabiyotlar

  • 1. Uzviylashtirilgan DTS va o‘quv dasturi 2010.

  • 2. Qosimova K va boshqalar. Ona tili o`qitish metodikasi. “Nosir” 2009.

  • 3. G‘ulomov A., Qobilova B. Nutq o‘stirish mashg’ulotlari. Toshkent: O‘qituvchi, 1995.

  • 4. 1-4-sinf o‘qish darsliklari.

  • 5. Alifbe darsligi.

6. Boshlang‘ich ta’lim 2009 5-son
7. Boshlang‘ich ta’lim 2010 3-son
8. Ziyokor 2009 y 3-son
9. Ziyokor 2011 y 2-son






Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling