Elektron darslikni qoʻllashning ijobiy taraflari quyidagilardan iborat:
-uni yaratish qulayligi;
-cheklanmagan miqdorda va tezlikda koʻpaytrish imkoniyati;
-uni doimiy tahrir qilib turish imkoniyati mavjudligi;
-juda kam xarajatlar bilan yaratish mumkinligi;
-grafik, ovoz, animasiya, video tasvirlardan foydalanish mumkinligi;
-materiallar bilan tanishish qulayligi, zarur maʻlimotni tezda axtarib topish mumkin.
Elektron darslik axborot kommunikasion texnologiya (AKT) asosida yuqori ilmiy –
uslubiy darajada yaratilgan fanlardan Davlat Oʻquv Standartiga toʻliq mos keladigan elektron
oʻquv mahsulot hisoblanadi. Elektron qoʻllanma darslikni qisman yoki toʻla oʻrnini bosuvchi
yoki uni toʻldiruvchi mahsulot boʻlib, qoʻllanma sifatida taʻlim muassasalari tomonidan
tasdiqlangan mahsulotdir. Elektron dars ishlanmasi darslikning har bir darsiga moʻljallangan
mavzuning maqsadi, mazmuni va mohiyatini yoritib beruvchi, AKTning imkoniyatlaridan toʻliq
foydalanib yozilgan matndir.
Elektron darsliklar – oʻqilayotgan materiallarni boshqa usullar (qabul etish yoʻllari
oshirish bilan) qoʻllash orqali oʻzlashtirishni yengillashtiradi;
-oʻquvchining talablari, tayyorgarligi va intellektual darajasiga moslashadi;
-murakkab hisob-kitoblarda vaqtning tejalishi hisobiga fann chuqurroq oʻzlashtirishga
sharoit tugʻdiradi;
-ishning har bir bochqichida oʻzini tekshirish uchun keng sharoitlar yaratadi;
-bajarilgan ishni faylga yoki chop qilishga imkoniyat beradi;
-kerakli tushuntirish, takrorlash va yordamchi materiallarni takror-takror beradi.
Elektron darsliklar turli masalalarni yechishda kompʻyuter yordamini ishlatish hisobiga
vaqtni tejashi mumkin;
-oʻquvchil arga mashgʻulotlarni kompʻyuterlarda mustaqil ishlar shaklida oʻtishi mumkin;
-murakkab hisobli nazorat ishlari kompʻyuter yordamida tekshiriladi.
Nazorat uchun savollari
1. Elektron axborot taʻlim resursi tushunchasi va mohiyatini tushuntiring?
2. Taʻlim tizimida foydalaniladigan elektron taʻlim resurslari va ulardan foydalanish qay
tartibda amalga oshiriladi?
3.Mustaqil tarzda bilim olish va malaka oshirishi saytlaridan qaysilarini bilasiz?
4. Tarbiya faniga oid internet saytlaridan foydalanish tartibini tushuntiring?
5.Xalq taʻlimi vazirligining axborot-taʻlim portali (www.eduportal.uz)ga joylashtirilgan
elektron axborot taʻlim resurslaridan samarali foydalanish boʻyicha maʻlumot bering?
Do'stlaringiz bilan baham: |