Samarqand viloyati pedagoglarni yangi
Mulʻtimediya vositalari asosida oʻquvchil arni oʻqitish quyidagi afzalliklarga ega
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANI OʻQITUVCHILARINI ISHLABCHIQARISHDAN
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat va huquq asoslari fanini oʻqitish jarayonida oʻquvchil arda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish texnologiyasi quyidagi bosqichlardan iborat boʻlishi mumkin
Mulʻtimediya vositalari asosida oʻquvchil arni oʻqitish quyidagi afzalliklarga ega:
- berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq oʻzlashtirish imkoniyati borligi; - taʻlim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi; - taʻlim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishish; - olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq saqlanib, kerak boʻlganda amaliyotda qoʻllash imkoniyatiga erisxil adi. Mulʻtimediya vositalari asosida oʻqitish jarayonida aniq fanni kompʻyuter asosida toʻliq oʻqitish, maʻruza matnlarini taxrirlash, oʻquvchil ar topshirgan nazorat natijalarining tahlili asosida maʻruza matnlarini bayon qilish uslubini yaxsxil ash, oʻquvchil ar axborot texnologiyalarini mulʻtimediya vositalari asosida animatsiya elementlarini dars jarayonida koʻrishi, eshitishi va mulohaza qilish imkoniyatlariga ega boʻladi. Sifatli mulʻtimediya ilovalari ishlab chiqishga yoʻnaltirilgan turlituman, bir biridan farqli texnologik usullar mavjud. Davlat va huquq asoslari fanini oʻqitish jarayonida zamonaviy multimediya texnologiyalaridan foydalanish: - oʻqituvchil arni pedagogik mahoratini oshiradi; - yangi elektron pedagogik texnologiyalar yaratadi; - oʻquv jarayonini avtomatlashtiradi; - oʻqituvchil ar ishini yengillashtirib samaradorligini oshiradi; -elektron oʻquv darsliklar, testlar va boshqa elektron oʻquv materiallarining yaratilishiga olib keladi. Davlat va huquq asoslari fanini oʻqitish jarayonida oʻquvchil arda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish texnologiyasi quyidagi bosqichlardan iborat boʻlishi mumkin: 1. Oʻquvchining oʻz fikrini erkini fodalashi. Oʻquvchiga aytilgan huquqiy jarayon boʻyicha oʻz oʻrnini aniqlab olishi uchun imkon beriladi. Masalan, qiyin vaziyatdan chiqish uchun nimalarga eʻtibor berish kerak? Oʻquvchidan javob olish uchun qator savollar bilan murojaat qilish mumkin: Sizning fikringiz qanday? Bu haqda siz qanday fikrdasiz? va boshqa. 2. Oʻz fikrini oydinlashtirish. Oʻquvchining fikrini yanada aniqlashtirish maqsadida unga qoʻshimcha tarzda quyidagi savollar beriladi: Bu bilan nima demoqchisiz? Oʻz fikringizni tushuntira olasizmi? Bu nima degani? 3. Oʻquvchil ar fikrlarini asoslanganligini tekshirish. Bunda quyidagi savollar berilishi mumkin: Nima uchun siz aynan shunday deb oʻylaysiz? Sizning mavqeingizni tasdiqlovchi qanday asoslar bor? Nima uchun sizda shunday fikr tugʻildi? Oʻz fikringizni qanday isbotlaysiz? 4. Oʻzgalar fikrini oʻrganish. Fuqaro oʻz fikrining ojizligini har doim ham tan olavermaydi. Shuningdek, suhbatdoshining fikriga hurmat-ehtirom bilan ham qarayvermaydi. Bu holatni koʻproq oʻsmirlarda kuzatish mumkin. Baʻzan muammolar yechimini topishda oʻzgalar fikrini tinglash koʻnikmasi juda asqotadi. Bu koʻnikmani oʻquvchil arda shakllantirish uchun quyidagi savollar bilan murojaat qilish mumkin: Oʻz fikringizga muqobil boʻlgan holatni ayta olasizmi? Bu haqda boshqalar nima deydi? Tanqidga uchrashingiz mumkin? 5. Oʻzi va oʻzgalar fikrini tahlil etish. Oʻquvchi oʻz fikri bilan oʻzgalar fikrini oʻzaro taqqoslash, ilmiy asoslangan holatni aniqlash uchun fikrlar qarama-qarsxil igini tahlil etishi kerak. Shunda quyidagi savollar asqotish mumkin: Oʻz fikringiz qanday? Qarshi tomonning dalil-isboti nima uchun toʻgʻri yoki notoʻgʻri? Qanday fikrlar sizni qanoatlantiradi? Tahlil qilinayotgan muammo boʻyicha turli fikrlarning mantiqiy natijalarini oʻrganish uchun savollar: Agar sizning gʻoyangiz qabul qilinsa, nima roʻy berishi mumkin? U jamiyatga qanday taʻsir koʻrsatadi? Foyda beradimi? 6. Muammo natijasini qabul qilish. 85 Bu tanqidiy fikrlash usulining soʻnggi bosqichi hisoblanib, oʻquvchil ar fikrlari qaytadan baholanadi va muttanosiblik aniqlanadi. Buning uchun: Qaysi natija eng qulay va ishonchli? Kimning chiqishi maqsadga muvofiq boʻldi? Siz bahsga qanday nuqta qoʻygan boʻlardingiz? kabi savollar asqotishi mumkin. Davlat va huquq asoslari fanini oʻqitishda muammoli taʻlim texnologiyasining ham ahamiyati kattadir. Muammoli taʻlim texnologiyasi oʻquvchil arni Davlat va huquq asoslari fani predmetning mavzusidan kelib chiqqan turli muammoli masala yoki vaziyatlarning yechimini toʻgʻri topishga oʻrgatadi. Ularda muammoning mohiyatini aniqlash, muammoni yechishda mos uslublarni toʻgʻri tanlash, muammoni kelib chiqish sabablarini va muammoni yechishdagi xatti- harakatlarni toʻgʻri aniqlash boʻyicha malakalarni shakllantirishga yordam beradi. Ushbu texnologiya asosida Davlat va huquq asoslari fani darslarini tashkil etishda oʻqituvchi oʻquvchil arni guruhlarga ajratib, ularni mos oʻrinlariga joylashtirgandan soʻng, mashgʻulotni oʻtkazish tartib-qoidalari va talablarini tushuntiradi, yaʻni u mashgʻulotni bosqichli boʻlishini va har bir bosqich oʻquvchil ardan maksimum diqqat-eʻtibor talab qilishini, mashgʻulot davomida ular yakka, guruh va jamoa boʻlib ishlashlarini aytadi. Bunday kayfiyat oʻquvchil arga berilgan topshiriqlarni bajarishga tayyor boʻlishlariga yordam beradi va bajarishga qiziqish uygʻotadi. Mashgʻulotni oʻtkazish tartib-qoidalari va talablari tushuntirilgach mashgʻulot boshlanadi. Avvalo mavzuga oid biror lavha taqdim etiladi. Oʻquvchil ar mashgʻulot uchun tayyorlangan anashu lavhani diqqat bilan tomosha qilib, unda yoritilgan muammoni aniqlashga harakat qiladilar, xotirada saqlab qoladilar yoki daftarlariga belgilab qoʻyadilar. Agar lavha koʻrsatishning imkoniyati boʻlmasa, u holda oʻqituvchi oʻquv predmetining mavzusi boʻyicha plakat, rasm, afisha yoki biror muammo bayon qilingan matn, kitobdagi oʻquv materialidan foydalanishi mumkin. • har bir guruh aʻzolari tomonidan ushbu lavhadan (rasmdan, matndan, hayotiy voqeadan) birgalikda aniqlangan muammolarni vatman yoki A-3 qogʻoziga flomaster bilan yozib chiqadi; • berilgan aniq vaqt tugagach, tayyorlangan ishni guruh vakili tomonidan oʻqib eshittiriladi; • oʻqituvchi guruhlar tomonidan tanlangan va muammolar yozilgan qogʻozlarni almashtirgan holda guruhlarga tarqatiladi; • tarqatilgan qogʻozlarda guruhlar tomonidan yozilgan muammolardan har bir guruh aʻzosi oʻzini qiziqtirgan muammodan birini tanlab oladi; • oʻqituvchi tomonidan tarqatilgan quyidagi chizmaga har bir guruh aʻzosi tanlab olgan muammosini yozib, mustaqil ravishda tahlil etadi. Davlat va huquq asoslari fanini oʻqitishda qoʻllanilayotgan muammoli taʻlim texnologiyasi samaradorligining toʻrtta bosh sharti mavjud: muammo mazmuniga qarab yetarli qiziqish uygʻotishni taʻminlash; muammo yechimidagi har bir bosqichda paydo boʻladigan ishlarni bajara olish mumkinligini taʻminlash (maʻlum va nomaʻlumlar nisbatining maqbulligi); muammo yechimida olinadigan axborotni oʻquvchil ar uchun muhimligi; pedagog va oʻquvchi orasidagi munosabat xayrixohlik ruhida kechishi, yaʻni oʻquvchil ar tomonidan bildirilgan barcha fikr va farazlar eʻtibor va ragʻbatsiz qolmasligi zarur. Muammoli taʻlim texnologiyasi asosida mashgʻulotlarini tashkil etish va boshqarish quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi: -oʻquv fani va darslar mavzusini oʻrgatishda ular bilan bogʻliq muammoli masalalarni belgilash; -ulardan muammoli vaziyatlar hosil qilish va amalda foydalanishni oldindan rejalashtirib borish; -oʻquvchil arning tayyorgarlik darajasini hisobga olish; -zarur oʻquv vositalarini tayyorlash; -muammoli vaziyatdagi mavjud ziddiyatni koʻrsatish; 86 -topshiriqni va uni yechish uchun yetarli shartlarni aniq bayon qilish; -oʻquvchil arning muammoni hal etishda yoʻl qoʻyayotgan xatolarini, ularning sababini va xususiyatini koʻrsatish; -oʻquvchil arning notoʻgʻri taxminlari asosida chiqargan xulosalari oqibatini muhokama etib, toʻgʻri yoʻlni topishlariga koʻmaklashish kabilardan iborat. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling