Samarqand viloyati pedagoglarni yangi
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANI OʻQITUVCHILARINI ISHLABCHIQARISHDAN
Pedagogik texnologiya – taʻlim shakllarini takomillashtirish vazifasini koʻzlagan
oʻqitish va boshqalarni oʻzlashtirishning barcha jarayonlarini texnika va inson omillarida, ularning birgalikdagi harakatlari vositasida yaratish, tadbiq etish va aniqlashning izchil metodi (YUNESKO). Oʻquv - tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning toʻgʻri joriy etilishi oʻqituvchining tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib kelsa, oʻquvchida mustaqillik, ijod va irodaviy sifatlarni shakllanishiga zamin yaratiladi. Ammo bu jarayon oʻqituvchi-pedagogdan pedagogik texnologiyani fanni oʻqitishda qoʻllashga oid bilim va malakaga ega boʻlishlari ham taʻlab etiladi. Davlat va huquq asoslari fanini oʻqitishda axborot-komunikatsion texnologiyalaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki axborot komunikatsion texnologiyalari oʻqituvchi-pedagoglar uchun keng imkoniyatlarni beradi. Chunki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari – oʻquv jarayonini tashkil etishning asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida davlat va huquq asoslari fanini oʻqitishning asosiy maqsadi fanini oʻqitishni qiziqarli qilib tashkil etish bilan birga oʻquvchil 82 arning ham fanga boʻlgan qiziqishlarini orttirishdan iboratdir. Fanni oʻqitishda oʻzining samaradorligi va ahamiyatliligi bilan ajralib turuvchi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jumlasiga: kompyuter, skaner, videokoʻz, videokamera, LCD proektor, interaktiv elektron doska, faks modem, telefon, elektron pochta, multimedia vositalari, Internet va Internet tarmoqlari, mobil aloqa tizimlari, maʻlumotlar omborini boshqarish tizimlari, sunʻiy intellekt tizimlarini kiritish mumkin. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari muayyan amallarni ongli va rejali amalga oshirishda oʻzlashtiriladi. Bu jarayon quyidagilarni oʻz ichiga oladi: kompyuter, shuningdek, printer, modem, mikrofon va ovoz eshittirish qurilmasi, skaner, raqamli videokamera, multimedia proektori, chizish plansheti, musiqali klaviatura kabilar hamda ularning dasturiy taʻminoti; uskunaviy dasturiy taʻminot; virtual matn konstruktorlari, multiplikatsiyalar, musiqalar, geografik haritalar, ekran protsessorlari; axborotlar majmui — maʻlumotnomalar, ensiklopediyalar, virtual muzeylar; texnik koʻnikmalar trenajyorlar kabilardan iborat. Kompyuterlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining markazida turuvchi asosiy texnik vosita hisoblanib, hozirgi kunda kompyuterlar taʻlim tizimida asosan toʻrt yoʻnalishda: - oʻrganish obyekti sifatida; - oʻqitishning texnik vositalari sifatida; - taʻlimni boshqarishda; - ilmiy-pedagogik izlanishlarda foydalanilmoqda. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling