Samarqand viloyati pedagoglarni yangi
-guruh: “Davlat va huquq asoslari fani boʻyicha boʻyicha maʻruza, seminar va amaliy mashgʻulotlarni tashkil etish” mavzusiga; 2-guruh
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANI OʻQITUVCHILARINI ISHLABCHIQARISHDAN
1-guruh: “Davlat va huquq asoslari fani boʻyicha boʻyicha maʻruza, seminar va amaliy
mashgʻulotlarni tashkil etish” mavzusiga; 2-guruh: “Davlat va huquq asoslari fani boʻyicha boʻyicha trening oʻtkazish tartibi” mavzusiga; 3-guruh: “Davlat va huquq asoslari darslarida oʻquvchil arning mustaqil taʻlimini tashkil etish tartiblari” mavzusiga; 4-guruh: “Davlat va huquq asoslari fani boʻyicha ochiq mashgʻulotlarga tayyorlanish uslub va tartiblari ” mavzusiga; 5-guruh: “Davlat va huquq asoslari fanidan ochiq mashgʻulotlarni kuzatish va tahlil qilish qanday amalga oshiriladi” mavzusiga tayyorlanishlari kerak boʻladi. Guruh aʻzolari tayyorlanishlari, toʻgʻrirogʻi fikrlarini jamlab olishlari uchun uzogʻi bilan 5-8 daqiqa ajratiladi. Bu vaqt davomida har bir guruh oʻz oldiga tayyorlab qoʻyilgan plakat 80 yoki oddiy qogʻozga oʻz mavzulari yuzasidan maʻlumotlarni yozib oladilar. Oʻqituvchi belgilangan vaqt tugaganini eʻlon qilishi bilan ular oʻzaro fikrlashish yoki yozishni toʻxtatishadi. Soʻng munozara yoki fikr almashish boshlanadi. Bunda oʻqituvchi avvalo birinchi boʻlib tayyormiz, deb qoʻl koʻtargan guruhga navbat beradi. Beshta guruh ham birdaniga tayyor boʻlishsa, qurʻa tashlash usuli qoʻllaniladi va shu asosda navbat bilan javoblar tinglanadi. Har bir guruh uchun 10-12 daqiqa vaqt ajratiladi. Masalan, uchinchi guruh birinchi boʻlib javob berishi aniq boʻldi. Guruh sardori guruh aʻzolari tomonidan tayyorlangan vatman qogʻozini doskaga olib chiqadi va osib qoʻyadi. Guruh aʻzolari oʻzlari yozib maʻlumotlarini izohlaydilar. Oʻqituvchi javob berish uchun qoʻl koʻtargan har bir tinglovchini eʻtiborga oladi va uning fikrini tinglay boshlaydi. Tinglovchining fikri xato boʻlsa, oʻqituvchi buni oʻz oʻrnida javob beruvchigagina emas, balki barcha guruh aʻzolariga eslatadi va kim toʻgʻri javob bilan fikrni toʻldirishini soʻraydi. Shu tariqa tinglovchil ar oʻz fikrlarini erkin bayon qila boshlaydilar. Oʻqituvchi ularning munozarada qanchalik ishtirok etishini, necha marta toʻgʻri javob berganini nazardan qochirmaslik uchun har bir toʻgʻri javob egasini yasxil kartochka bilan, qisman toʻgʻri javob egasini qizil kartochka bilan ragʻbatlantirib boradi. Belgilangan vaqt nihoyasiga etgach, keyingi guruhga navbat beriladi va xuddi shu tariqa ularning fikrlari ham tinglab boriladi. Munozaraga yakun yasash, fikrlarni yakuniga etkazish va kichik guruhlarni baholash uchun 9-10 daqiqa ajratiladi. Amaliy mashgʻulotning bu qismida avvalo oʻqituvchi barcha fikrlarga yakun yasaydi. Chunki, oʻqituvchi mazkur dars jarayonida boshidan oxirigacha munozarani tashkil etgan boshlovchi sifatidagina namoyon boʻladi. Tinglovchilar esa mavzuni mustaqil ravishda oʻzlashtirib, oʻz fikr va mulohazalarini bayon qiladilar. Boshlovchi notoʻgʻri javoblarning notoʻgʻriligini eʻtirof etadi-yu, lekin uni toʻgʻrilashni yana tinglovchil arningoʻziga topshiradi. Munozaraga yakun yasash qismidagina mavzuning qay darajada oʻrganilganligini, qaysi kerakli fikrlar bayon etildi-yu, qaysi fikrlar eʻtibordan chetda qolganligini izohlab oʻtadi, tinglovchil arning fikrlarini toʻldiradi va ularning mavzu yuzasidan olgan tushuncha va tasavvurlarini yanada boyitadi. Soʻng tinglovchil ar olgan ragʻbat kartochkalari hisoblab chiqiladi. Qizil kartochkalilar yasxil kartochkalilar bilan bir xil baholanishlari uchun ularning hajmi koʻproq boʻlishi lozim. Kartochkalar hajmiga qarab kichik guruhlar baholanadilar Qizil va yasxil kartochkalarning umumiy hisobiga koʻra gʻolib guruh aniqlanadi. Shu tariqa kichik guruhlararo musobaqa tarzidagi dars yakuniga yetkaziladi. Amaliy mashgʻulotning bu tarzda tashkil etilishi orqali kichik guruhdagi har bir tinglovchining oʻz fikrini erkin namoyon qilishi uchun imkoniyat yaratiladi, shuningdek, ular oʻrtasida erkin bahs-munozara va oʻzini oʻzi baholash yoʻlga qoʻyiladi. Bundan tashqari tinglovchil arning tanlangan mazkur mavzu boʻyicha yanada kengroq maʻlumot olishlariga zamin hozirlanadi. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling