Samarqand viloyati pedagoglarni yangi
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANI OʻQITUVCHILARINI ISHLABCHIQARISHDAN
Tematik rejalashtirish.
Darsni 2 xil rejalashtirish farqlanadi: 1.Tematik rejalashtirish 2. Kundalik dars rejalashtirish. Darsni rejalashtirishning asosiy maqsadi davlat va huquq asoslari fanini oʻqitishning maqsadi, vazifalari, til materialining hajmi, dars jarayoniga kiritish ketma-ketligi va shunga mos 78 ravishda nutqiy koʻnikma malakalar hosil qilishdan iborat. Rejalashtirishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan qiyinchil iklar oldindan aniqlanadi va uni bartaraf qilish yoʻllari va tegishli mashgʻulotlar tuziladi. Rejalashtirish bir necha bir-biriga bogʻliq boʻlgan bosqichlarni oʻz ichiga oladi. Shunga koʻra yillik reja, tematik reja va oddiy bir dars rejasini farqlash mumkin. Yillik reja darslik mualliflari tomonidan tuziladi. U oʻz navbatida yarim yillik va chorak rejalariga boʻlinadi. Unda oʻrganiladigan mavzular aniqlashtiriladi. Har bir mavzuni oʻrgatishga ajratilgan dars soatlari bilimlar koʻlami, oʻtkaziladigan nazorat turlari vaqti hisobga olinadi. Shuni taʻkidlash kerakki, har qanday yillik reja yaxshi tayyorgarlik asosida tuzilmogʻi lozim. Agar biron bir sababga koʻra rejaga oʻzgartirishlar kiritiladigan boʻlsa, ular yarim yillik va choraklik rejalarida oʻz aksini topishi kerak. Davlat va huquq asoslari fani oʻqituvchil ari shahar yoki tuman metod birlashmalari tomonidan tavsiya etilgan rejalar asosida ish olib borishadi. Tematik reja metod birlashma tomonidan tuzilsada, u oʻqituvchining tashabbuskorligini cheklab qoʻymasligi kerak. Tematik rejalashtirishning asosiy vazifasi bu maʻlum mavzuni oʻrganish natijasida erisxil adigan yakuniy maqsadni aniqlashdir. Oʻqituvchi darsga tayyorlana turib, tematik reja tuzadi. Buni quyidagi jadval turida koʻrsatish mumkin: Dars Dars mavzusi Asosiy tushuncha Asosiy adabiyotlar Fanlararo bogʻlanish Oʻqitish usuli Dars tipi Darsga tayyorgarlik koʻra turib, avvalo oʻqituvchi uning maqsadini aniqlaydi. Bu tayyorgarlikning murakkab va ahamiyatli momenti. Unda tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsadlar birlashtiriladi. Oʻqituvchi birinchi navbatda darsning maqsadi boʻyicha ish olib boradi. Darsga tayyorgarlik darsning rejasini tuzish bilan yakunlanadi. Dars rejasida dars mavzusi, maqsadi, dars tuzilish elementlarining mazmuni, oʻquvchil ar bilan olib boriladigan ishlarning xarakteri, darsning tuzilishlariga ketadigan vaqt koʻrsatiladi. Tematik reja asosida oʻqituvchi har bir darsga alohida kundalik reja tuzadi. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling