Amaliy mashgʻulotlar quyidagi maqsadlarga erishish uchun qoʻllaniladi:
1) nazariy materialni tartibga solish;
2) bilimlarni mustahkamlash;
3) koʻnikma va malakalarni hosil qilish;
4) bilimlarni nazorat qilish.
Amaliy mashgʻulotga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazishda quyidagi savollarga javob
topiladi:
1. Nima uchun? – Amaliy mashgʻulotni tashkil etishdan koʻzlangan maqsad.
2.Qanday tarzda? – Amaliy mashgʻulotni olib borish texnologiyasini ishlab chiqish.
3. Nimani muhokama qilish? – Amaliy mashgʻulotni olib borish vaqtida muhokama
qilinadigan materiallar mazmuni.
4. Qanday omillarni hisobga olish zarur?
Amaliy mashgʻulotni tashkil etish jarayonida maʻlum shart-sharoitlar(tinglovchil arning
tayyorgarlik darajasi, bilish imkoniyati kabilar)ni hisobga olish. Ana shu savollarning munosib
javobini topish jarayonida “Davlat va huquq asoslari fani boʻyicha dars mashgʻulotlarni
tayyorlash, kuzatish va tahlil qilish” mavzusidagi amaliy mashgʻulotga «Kichik guruhlararo
musobaqa» metodini tanlab oldik. Nazarimizda «Kichik guruhlararo musobaqa» metodi mazkur
amaliy mashgʻulot mavzusining mazmun-mohiyatiga mos keladi.
Mazkur metodni quyidagicha qoʻllash tavsiya etiladi: Kirish qismi yakunlanib,
oʻqituvchi tomonidan amaliy mashgʻulot uchun tanlangan metodning mohiyati va oʻtkazish
tartibi tushuntirilgach, tinglovchil ar beshta kichik guruhlarga boʻlinadilar va darsning asosiy
qismi boshlanadi. Dastlab beshta konvert olinib, mavzuni oʻrganish yuzasidan tuzib olingan
beshta reja beshta kartochkaga yozilib konvertlarga joylanadi.
Oʻqituvchi konvertlarni aylantiradi va oʻz stoli ustiga terib qoʻyadi. Kichik guruhlardan
bittadan vakillar chiqib oʻz guruhi uchun konvert tanlaydi va konvertni ochib guruhning chekiga
tushgan rejani oʻqib eshittiradi. Shu tariqa beshta guruh oʻzlarining aniq yoʻnalishlariga ega
boʻladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |