Samarqand viloyati pedagoglarni yangi


Nazorat topshiriqlari va baholash mezonlarini ishlab chiqish


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/120
Sana23.11.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1795947
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   120
Bog'liq
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANI OʻQITUVCHILARINI ISHLABCHIQARISHDAN

Nazorat topshiriqlari va baholash mezonlarini ishlab chiqish – darsning didaktik 
maqsadi, kutilayotgan natija, oʻquv materialning mazmuni asosida nazorat topshiriqlarini ishlab 
chiqish, ularning hajmi, bajarilganlik darajasi, bajarilish sifati, vaqtiga koʻra baholash 
mezonlarini ishlab chiqishni nazarda tutadi. 
Taʻlim resurslarini tanlash – mavjud shart-sharoitdan kelib chiqqan holda oʻqituvchi, 
oʻquvchi va darsni tashkil etish uchun taʻlim vositalarining oʻrinli tanlanilishini, ulardan oʻquv 
jarayonida toʻgʻri foydalanishni koʻzda tutadi.
Oʻqitish va oʻqish strategiyasi – belgilangan oʻquv materiallarini oʻquvchil ar ongiga 
etkazish yoʻllarini, yaʻni tanlangan taʻlim metodi, shakllarining amalda qoʻllanilishini koʻzda 
tutadi. 
Darsning turini tanlash – oʻqituvchining mahoratiga koʻra darsning didaktik maqsadi, 
oʻquv materialining mazmuni, dars uchun ajratilgan vaqt, shuningdek, zarur shart-sharoitning 
tanlanilishini ifodalaydi. 
Darsning texnologik xaritasi – dars ishlanmasining asosiy oʻzagini tashkil etadi. U dars 
turi va tanlangan metodlarga qarab turlicha boʻlishi mumkin. Darsning texnologik xaritasi 
xususida maʻruzaning keyingi oʻrinlarida alohida toʻxtalib oʻtiladi. 
Taʻlim jarayonini loyihalash bosqichlari va asosiy vazifalari 
Taʻlim jarayonni loyihalash: loyiha – mazmun – faoliyat uchligi asosida tashkil etiluvchi 
pedagogik faoliyatning umumiy mohiyatini yaxlit ifodalashga xizmat qiluvchi loyihani 
yaratishdir. 
Taʻlim jarayonini loyihalash quyidagi bosqichlarda kechadi: 
1. Loyihani yaratish; 
2. Oʻquvchilar faoliyatini tashxislash
3. Pedagogik jarayonni tashkil etish; 
4. Pedagogik jarayonning samarali kechishini taʻminlash; 
5. Oʻquvchil ar faoliyatini nazorat qilish;
Taʻlim jarayonini loyihalashda bajariladigan asosiy vazifalar quyidagilardir: 
1) pedagogik faoliyat mazmunini tahlil qilish


77 
2) natijalarni oldindin koʻra bilish; 
3) rejalashtirilgan faoliyatni amalga oshirish loyihasini yaratish. 
Dars ishlanmasi – bu taʻlimiy mazmunga ega loyiha, shuningdek, oʻqituvchi tomonidan 
tuzilishi majburiy boʻlgan hujjat hisoblanadi. Uni tuzishda oʻqituvchining dars jarayonidagi 
faoliyatini rejalashtirish, dars mazmuni boyitish, taʻlim samaradorligini oshirish maqsadi 
koʻzlanadi. Dars ishlanmasini yildan-yilga takomillashtirib va mukammalllashtirib borish, yangi 
metodlarni qoʻllash, yangi materiallarni kiritish bilan yangilab turilishi lozim. Binobarin, taʻlim 
jarayoniga yangi DTS, oʻquv dasturlari, zamonaviy taʻlim texnologiyalarning joriy etilishi, 
oʻqituvchi tomonidan yangi axborot texnologiyalari, zamonaviy texnik vositalarining qoʻllanishi 
bilan dars ishlanmalariga qoʻyilgan talablar ham oʻzgarib boradi. Dars loyihasi (ishlanmasi)ni 
uchun tayyor, standart qolip mavjud emas.
Taʻlim jarayonini loyihalash, odatda, texnologik pasport va texnologik xaritalar vositasida 
amalga oshiriladi. 

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling