1-Mavzu: Matematika fani bo’yicha joriy etilgan yangi dts, o’quv dasturlari, darslik va o’quv-uslubiy qo’llanmalarining mazmuni hamda tahlili. Reja


Download 30.74 Kb.
Sana24.10.2020
Hajmi30.74 Kb.
#136525
Bog'liq
1-mavzu (1)


Samarqand MOHM

1-Mavzu: Matematika fani bo’yicha joriy etilgan yangi DTS, o’quv dasturlari, darslik va o’quv-uslubiy qo’llanmalarining mazmuni hamda tahlili.

Reja:

1. Matematika fanidan DTS. Matematika fanidan umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar.

2. Matematika fanidan umumiy o’rta ta’lim dasturi tahlili.

3. Matematika fanidan yaratilgan yangi o’quv uslubiy majmualar tahlili.



Tayanch iboralar:

Davlat ta’lim standarti, o’quvchilar tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar, o’quv dasturi, taqvim mavzuiy reja, o’quv uslubiy majmua, o’qitishning texnik vositalari, darslik, o’quv qo’llanma, o’quv-uslubiy qo’llanma, multimediali ilova.

1.Matematika fanidan DTS. Matematika fanidan umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar.

Kompetensiyaviy yondashuv nuqtai nazaridan qaralganda, ta’lim jarayoning mohiyati - o’quvchilarning turli hayotiy vaziyatlarda, kundalik turmushda vujudga keladigan muammolarni avval o’zlashtirgan bilim, ko’nikmalari va tajribalari asosida hal qilish layoqatlarini (qobiliyatlarini) rivojlantirishdan iborat bo’ladi. Bu esa o’z navbatida o’quvchilarga nafaqat bilim, ko’nikma va malakalarni berish, balki ularni kundalik turmushda, hayotiy vaziyatlarida qo’llay olish layoqatlarini (kompetensiyalarlarni) shakllantirishni ko’zda tutadi. Boshqacha qilib aytganda, kompetensiyalar davlat va jamiyatning ta’lim tizimi oldiga qo’ygan ijtimoiy buyurtmasi hisoblanadi. Kompetensiyaviy yondashuvning asosiy maqsadi ta’lim muassasasi bitiruvchisining ijtimoiy hayotga moslashishiga yordam berishdan iborat. Shu nuqtai nazardan, kompetensiyaviy yondashuv ta’lim tizimi oldida turgan shu kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi.

Mazkur dolzarb muammoni hal qilish, ya’ni ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalash, ta’lim tizimini sifat va mazmun jihatdan yanada takomillashtirish, mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg’or tajribalari hamda ilm-fan, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish maqsadida, Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2017 yil 6 aprelda ― Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlari tasdiqlandi. Unga ko’ra, barcha umumta’lim fanlari bo’yicha davlat ta’lim standartlari, o’quv dastur va rejalari kompetensiyaviy yondashuv asosida yangilandi. Umumiy o’rta ta’lim tizimi mohiyatidan kelib chiqib, ta’lim muassasasi bitiruvchisi egallashi lozim bo’lgan quyidagi tayanch kompetensiyalar (TK) ajratib ko’rsatildi:

TK1. Kommunikativ kompetensiyalar;

TK2. Axborot bilan ishlash kompetensiyalari;

TK3. O’zini-o’zi rivojlantirish kompetensiyalari;

TK4. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalari;

TK5. Milliy va umummadaniy kompetensiyalar;

TK6. Matematik savodxonlik, fan va texnika yutuqlaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyalari.

Mazkur tayanch kompetensiyalari bilan bir qatorda har bir umumta’lim fani bo’yicha ham kompetensiyalar (FK) ham ishlab chiqilgan bo’lib, ularni aniqlashtirishda har bir fanning maqsad va vazifalaridan kelib chiqildi. Xususan, matematika fani bo’yicha umumiy (FK1) va kognitiv (FK2) kompetensiyalar ajratib ko’rsatildi.

Ma’lumki, matematika fani - abstrakt fan. Uning mazmuni boshidan oxirigacha inson tasavvurining va mantiqiy tafakkurining mahsulidan iborat. Fanning bunday abstrakt tuzilishi, o’zini-o’zi boyitib borishi, ya’ni yangidan-yangi matematik tushunchalar va ularning xossalarini ma’lum xossalardan hosil qila olish imkoniyati qadimdan insonning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilib kelgan. Hatto matematik masalalarni yechish musobaqalari o’tmishda inson aqlini peshlash vositasi bo’lgan. Shundan kelib chiqadigan bo’lsak, matematika fanining eng asosiy vazifasi aynan o’quvchilarni o’ylashga, to’g’ri mantiqiy fikrlashga va mushohada yuritishga o’rgatishdan iborat ekanligi oydinlashadi. Hech qaysi fan matematika fanichalik o’quvchilarni o’ylashga va fikrlashga majbur qila olmaydi. Matematika darslarida turli tuman masala, muammo va jumboqlarini yechish orqali o’quvchilar to’g’ri fikr yuritish, mantiqiy fikrlashni o’rganadilar. Insonning mantiqiy fikrlay olish layoqati (qobiliyati yoki kompetensiyasi) uning eng muhim hayotiy ehtiyojlaridan biri hisoblanadi. Xullas, bir faylasuf ta’biri bilan aytganda, ― Matematika - aql gimnastikasidir. Yoshlik chog’idan turli-tuman matematik masalalarni yechish orqali o’quvchilar hayotiy muammolarni yechishga va turmushda uchraydigan muammoli vaziyatlarida to’g’ri qarorlar qabul qilishga tayyorgarlik ko’radilar. Bu holatda hamma matematik masalalar ham bevosita hayotiy muammolar haqida bo’lishi shart emas. Har qanday matematik masala ham o’quvchini o’ylashga majbur qiladi. Turli abstrakt formulalar yordamida hisob kitoblarni, algebraik almashtirishlarni to’g’ri bajarish, ayniqsa teoremalarni isbotlash, ya’ni ma’lum dalillar asosida uning to’g’ri ekanligini asoslash mantiqiy fikrlashga doir eng muhim amaliyotlardan hisoblanadi.

Shunday ekan, o’rta umumiy ta’lim tizimida matematika fanining, matematikani o’qitishning eng asosiy vazifasi o’quvchilarda mantiqiy fikrlash, to’g’ri mushohada yuritish layoqatlarini (kompetensiyalarini) tarkib toptirishdan iborat bo’lmog’i lozim. Fanga oid umumiy kompetensiyalar matematika fanidan o’quvchilar bilishi va uddalashi lozim bo’lgan nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni, fanga oid kongitiv kompetensiyalar aynan yuqorida zikr etilgan mantiqiy fikrlash, o’qib-o’rganish va fan bo’yicha o’zlashtirilgan bilim va ko’nikmalarni amaliyotda qo’llash bo’yicha talablarini umumiy holda belgilaydi.



FK1. Matematika fani bo’yicha umumiy kompetensiyalar

Fan bo’yicha umumiy kompetensiyalarni o’z navbatida matematika fanining quyidagi bo’limlari bo’yicha taqsimlab qarash maqsadga muvofiq bo’ladi: Sonlar va amallar; Algebra; Geometriya; O’lchashlar; Ma’lumotlar bilan ishlash.



Maktab bitiruvchilari matematikadan quyidagi umumiy kompetensiyalarga ega bo’lishi lozim:

Sonlar va amallar

Sonlar haqida tushunchaga ega bo’lish, ularni tasvirlash usullarini va sanoq sistemalarini bilish, sonlar o’rtasida munosabatlarni o’rnatish va tushunish;

Matematik amallar mohiyatini bilish va ular o’rtasidagi munosabatlarni tushunish;

Sonlar ustida hisoblashlarni qiyinchiliklarsiz bajarish, natijaga tegishli baho berish va uni chamalash;



Algebra

Qonuniyatlar, munosabatlar va funksiyalar mohiyatini tushunish;

Algebraik belgilar yordamida matematik vaziyatlar va tasdiqlarni ifodalash va tahlil qilish;

Miqdoriy munosabatlarni tushunish va ularni ifodalash uchun matematik modellardan foydalanish;

Tabiat va jamiyatdagi hodisalar va turli vaziyatlardagi miqdoriy o’zgarishlarni tahlil qilish.

Geometriya

Yassi va fazoviy geometrik shakllarning xususiyatlari va xossalarini tahlil qilish, geometrik munosabatlar haqida matematik fikrni rivojlantirish;

Koordinatalar sistemasi va boshqa tasvirlash tizimlarida fazoviy munosabatlarni tasvirlash va ularning geometrik o’rnini aniqlash;

Matematik vaziyatlarni tahlil qilishda simmetriya va shakl almashtirishlardan foydalanish;

Masalalarni yechishda geometrik modellashtirish, fazoviy mushohada va vizuallashtirish usullaridan foydalanish.

O’lchashlar

turli obyektlarning o’lchanadigan elementlarini, o’lchov birliklarini bilish, o’lchov tizimlari va jarayonlarining mohiyatini tushunish;

o’lchash jarayonida mos o’lchov usullari, o’quv qurollari, o’lchov asboblari va formulalaridan foydalanish,

Ma’lumotlar bilan ishlash

Masalani yechish uchun zarur ma’lumotlarni aniqlash, yig’ish va ularga ishlov berish;

Ma’lumotlarni tahlil qilish uchun mos statistik ishlov berish usullarini tanlash va qo’llash;

Ma’lumotlar asosida tegishli xulosa va bashoratlarni ishlab chiqish va ularni baholash;

Asosiy ehtimollar nazariyasi tushunchalarini tushunish va ulardan foydalanish.

FK2. Matematika fani bo’yicha kognitiv kompetensiyalar

Matematika fani bo’yicha kognitiv kompetensiyalarni o’z navbatida quyidagi o’quv harakatlari bo’yicha ajratish maqsadga muvofiq bo’ladi: Masala yechish; Asoslash va isbotlash; Muloqot; Munosabatlar; Tasvirlash.



Maktab bitiruvchilari matematikadan quyidagi kognitiv kompetensiyalarga ega bo’lishlari lozim:

Masala yechish

Masalani (muammoni) yechish orqali yangi matematik bilimlarni hosil qilish va ularni o’zlashtirish;

Matematika va boshqa fanlardagi o’quv masalalari hamda kundalik turmushda duch kelinadigan muammolarni yechish;

Masalani yechish uchun turli xil yechish usullarini qo’llash va ularni moslashtirish;

Masalani matematik yechish jarayonini kuzatish va tahlil qilish.

Asoslash va isbotlash

Asoslash va isbot matematikaning asosiy jihatlari ekanligini tushunish;

Matematik taxminlarni tuzish va tadqiq qilish;

Matematik asoslash, isbotlash va ularni baholash;

Mushohada yuritish turlari, isbot usullarini tanlash va qo’llash.

Muloqot

O’qituvchi, tengdoshlar va boshqalar bilan matematika tilida aniq fikr almashish;

Boshqalarning matematik fikrlarini tahlil qilish va baholash;

Matematik fikrni aniq ifodalash uchun matematika tilidan foydalanish;



Munosabatlar

Matematik tushunchalar orasidagi aloqalarni tanib olish va ulardan foydalanish;

Yaxlit matematik tushunchani hosil qilish uchun matematik tushunchalarni birlashtirish yoki birini ikkinchisining ustiga qurish,

Kundalik turmushdagi vaziyatlarda va boshqa fanlarda matematikani qo’llash;



Tasvirlash

Matematik tasdiqni turli shakl va ko’rinishlarda tasvirlash va ulardan foydalanish;

Masalani yechish uchun tegishli matematik tasvirlash usulini tanlash va bir ko’rinishdan ikinchi ko’rinishga o’tkazish;

Tabiat va jamiyatdagi hodisa va jarayonlarni tushuntirish hamda modellashtirish uchun turli matematik tasvirlash usullaridan foydalanish. Matematika fani bo’yicha mazkur kompetensiyalar o’quvchining matematika fanidan boshlang’ich maktabning 1- sinfidan boshlab, toki 11-sinfni bitirgunga qadar egallashi kerak bo’lgan asosiy kompetensiyalardan iborat. Har bir kompetensiya talabi boshlang’ich, o’rta umumiy ta’lim muassasalari uchun alohida-alohida aniqlashtiriladi hamda ularning o’zi ham asosiy va chuqurlashtirilgan darajalarga bo’linadi. Shuningdek, har bir ta’lim tizimi uchun mazkur kompetensiyalar talablari sinflar (kurslar) bo’yicha, bo’limlar bo’yicha, so’ng har bir mavzu bo’yicha va nihoyat har bir dars bo’yicha aniqlashtiriladi, ya’ni konkret mayda talablar ko’rinishida bayon etiladi. Shu tariqa, mazkur kompetensiyalar har bir darsga uning turli maqsadlari ko’rinishida kirib boradi.



XULOSA VA TAVSIYALAR

-tayanch va fan bo’yicha kompetensiyalarni o’quvchilarda shakllantirishda birlamchi mazmun emas, balki o’quvchilarning o’quv faoliyati va fan uslubiyoti hisoblanadi;

-tayanch kompetensiyalar har bir o’quv fani, sinflar va boblar kesimida, fan bo’yicha kompetensiyalar esa sinf va boblar kesimida aniqlashtirilishi maqsadga muvofiq bo’ladi;

-umumta’lim fanlari bo’yicha yaratilgan darsliklar mazmuni amaliy, hayotiy masalalar bilan boyitish, darsliklar dizayni qayta ko’rib chiqish va ko’rgazmalikka katta e’tibor berish lozim;

-tayanch va fan bщyicha kompetensiyalarni o’quvchilarda shakllantirishda birlamchi mazmun emas, balki o’quvchilarning o’quv faoliyati va fan uslubiyoti hisoblanadi;

-tayanch kompetensiyalar har bir o’quv fani, sinflar va boblar kesimida, fan bo’yicha kompetensiyalar esa sinf va boblar kesimida aniqlashtirilishi maqsadga muvofiq bo’ladi.



UMUMTA’LIM FANLARIDAN O’QUV-METODIK MAJMUALARNING YANGI AVLODI

O’quv-metodik majmua — darslik, mashq daftari, o’qituvchi uchun metodik qo’llanma, darsliklarning multimediali ilovasidan iborat majmua.

Darslik — davlat ta’lim standartlariga muvofiq o’quv dasturi asosida didaktik, metodik, pedagogik-psixologik, estetik va gigiyenik talablarga javob beradigan, o’quv fanining mavzulari to’liq ѐritilgan, uning asoslari mukammal o’zlashtirilishiga qaratilgan, o’quv fanining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda ta’lim oluvchilarning ѐshi va psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan, nazariy ma’lumotlardan tashqari amaliy-tajriba va sinov mashqlarini qamrab olgan kitob shaklidagi o’quv nashri.

Mashq daftari — darslikning tarkibiy qismi hisoblanadigan, davlat ta’lim standartlariga muvofiq o’quvchilar tomonidan egallangan bilim va ko’nikmalarni mustahkamlash hamda o’quv fanining mavzulariga mos ravishda ishlab chiqilgan, mantiq va tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan (krossvordlar, boshqotirmalar, mantiqiy fikrlashga undovchi topshiriqlar va hokazo) topshiriqlardan iborat bo’lgan didaktik vosita.

O’qituvchi uchun metodik qo’llanma — darslikdagi har bir mavzuni samarali o’qitish metodikasi, qo’shimcha sinov topshiriqlari va o’qituvchining darsni qiziqarli tashkil etishiga oid boshqa metodik ko’rsatmalar berilgan, har bir darsning maqsadi, darsda foydalaniladigan vositalar va ulardan foydalanish usullari, darsning mazmuni, amaliy mashg’ulotlar, qo’shimcha topshiriqlar va boshqalar haqida metodik ko’rsatmalar aniq baѐn qilingan kitob shaklidagi o’quv nashri.

Darsliklarning multimediali ilovalari — axborot-kommunikasiya texnologiyalari ѐrdamida o’quv faniga oid materiallarni davlat ta’lim standarti va o’quv dasturiga mos ravishda ѐrita oladigan, o’quv fanini samarali o’zlashtirishga, o’quvchilarning mustaqil ta’lim olishiga ko’maklashuvchi hamda video, ovoz, animasiya, jadval, matn va lug’atlarni o’z ichiga olgan, bilimlarni nazoratdan o’tkazish va mustahkamlashga yo’naltirilgan, o’quv fanining asosiy mazmunini boyitadigan qo’shimcha materialga ega bo’lgan ѐki shu kabi manbalarga murojaatlarni o’z ichiga olgan interaktiv elektron axborot-ta’lim resursi.



O’quv-metodik majmualar davlat ta’lim standartlari, o’quv reja va dasturlariga muvofiq, didaktik, metodik, pedagogik-psixologik, estetik va gigiyenik talablar asosida ishlab chiqilgan darslik, mashq daftari, o’qituvchi uchun metodik qo’llanma va darslikning multimediali ilovalarini o’z ichiga oladi.

Umarov S

Download 30.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling