Tabiiyot va geografiya taʼlimida kompetensiyalar


Download 139.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/21
Sana31.01.2024
Hajmi139.43 Kb.
#1831449
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
12-ma\'ruza (1)



TABIIYOT VA GEOGRAFIYA TAʼLIMIDA KOMPETENSIYALAR 
Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar bilan 
birgalikda tayanch kompetensiyalar shakllantirilishi belgilab berilgan. Tabiiyot va geografiya 
fanlarini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalar shakllantirilib boriladi. 
 
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari: 
 
Kommunikativ kompetensiya:
A2 
o‘zining mustaqil fikrini og‘zaki va yozma tarzda ifoda eta olish, o‘z fikrlarini guruhlarda 
ijodiy tarzda ifoda eta olish.
A2+
mustaqil fikrini og‘zaki va yozma tarzda ifoda eta olish, guruhlarda liderlik qila olish, 
geografik atama va tayanch so‘zlarni xorijiy tilda ayta olish va yoza olish. 
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: 
A2 
turli geografik adabiyotlardan, xarita va atlaslardan samarali foydalanib, ular asosida 
axborotlarni tayyorlash, Internet-saytlardan geografik mazmunga ega bo‘lgan ma’lumotlarni 
topib, ularni tahlil qilish, kundalik ma’lumotlardan jumladan, jahon va mamlakat ichidagi 
yangiliklar haqidagi lavhalarning mohiyatini anglay olish, mediamadaniyatga rioya qilish.
A2+
Internet-saytlardan geografik mazmunga ega bo‘lgan ma’lumotlar asosida jahon va 
mamlakat ichidagi yangiliklar haqidagi lavhalarni topish. 
 
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
A2 
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalarda, geografik manbalar bilan mustaqil tarzda ishlay 
olish, iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ekologik dunyoqarash va tafakkurini mustaqil ravishda o‘stirib 
borish. 
A2+
maktabda, mahallada siyosiy, madaniy, ekologiya mavzularida bo‘ladigan tadbirlarda 
ishtirok etish va o‘z fikrini ayta olish. 

Download 139.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling