Annotatsiya
Ushbu dars ishlanmasi DTS hamda o’quv dasturi asosida 8-sinf jahon tarixi darsligidagi tuzilishi murakkab bo`lgan mavzu asosida yozilgan. Dars ishlanmasi mavzusi “Adabiyot va san’at” bo’lib, unda “aqliy hujum”, “PISA TEST”, “guruhlarda ishlash”, “klaster”, “Mosini toping” usullaridan foydalanilgan.
Ushbu mavzu orqali o’quvchilar Yevropada adabiyot va san’at sohasi rivoji, ushbu soha vakillari, ularning hayoti va ijodi haqida tushunchaga ega bo’lishadi.
Sana: _______________
Sinf: 8-F
Fan: Jahon tarixi
Darsning mavzusi: Adabiyot va san’at.
Darsning maqsadi:
A) Ta’limiy maqsad: o`quvchilarga Yevropada adabiyot va san’at sohasi rivoji, ushbu soha vakillari, ularning hayoti va ijodi haqida tushuncha berish.
B) Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash.
S) Rivojlantiruvchi maqsad: Mavzu yuzasidan o’quvchilarda tarixiy ongni rivojlantirish
D) Milliy va umummadaniy kompetensiya: xalqlarning tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini asrab avaylash
Darsning turi: Yangi bilimlarni shakllantiruvchi
Darsning uslubi:Ko’rgazmali amaliy
Darsning usuli: “Guruhlar bilan ishlash”, “Uzilmas zanjir”, “klaster”, “Mosini toping”, “Aqliy hujum”, “atamalar va sanalar ustida ishlash”, suhbat
Darsning jihozi: Darslik,siyosiy xarita,texnik vositalar, foto rasmlar tarqatma materiallar, qo’shimcha adabiyotlar
Asosiy tushuncha va atamalar: Adabiyot, Daniel Defo, J. Svift, P. Bomarshe, F. Shiller, I. Gyote, A.S. Pushkin.
Mashg’ulot bosqichlari
Bosqichlar
|
Mazmuni
|
Vaqti
|
1-bosqich.
Tashkiliy qism
|
Salomlashish. O`quvchilarning daraga tayyorgarligi, sinfda psixologik muhit yaratish.
|
3
daqiqa
|
2-bosqich.O`tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash
|
O`tilgan mavzu yuzasidan savol-javob, O`tilgan mavzuni mustahkamlash, hamda uyga vazifa bajarilganligini tekshirish.
|
10
daqiqa
|
3-bosqich.
Yangi mavzu
Bayoni
|
Yangi mavzuning mazmuni tushuntiriladi. O`quvchilarda yangi mavzu haqida bilim, ko’nikma va malakalar hosil qilinadi.
|
17
daqiqa
|
4-bosqich.
Yangi mavzuni
mustahkamlash
|
O`quvchilarning egallagan bilim, ko’nikma va malakalari savol javob orqali aniqlanadi. O`quvchilar rag’batlantiriladi.
|
10
daqiqa
|
5-bosqich.
O`quvchilarni baholash
|
Baholarni e’lon qilish
|
3
daqiqa
|
6-bosqich.
Darsni yakunlash
uyga vazifa berish
|
Uyga vazifani tushuntirish. O`quvchilar bilan xayrlashish.
|
2
daqiqa
|
Do'stlaringiz bilan baham: |