Sana: Sinf: 8-f fan: Jahon tarixi Darsning mavzusi: Adabiyot va san’at. Darsning maqsadi


Download 1.45 Mb.
bet2/2
Sana26.01.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1128726
1   2
Bog'liq
MURAKKAB DARS ishlanma ISLOM

Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
a) salomlashish, suhbat:darsning bu qismi ingliz tilida amalga oshiriladi;
b) psixologik iqlim yaratish: oyining muhim sanalari esga olinadi
Sinf o’quvchilari ikki guruhga bo’linadi:

  1. Adabiyotchilar;

  2. Kompozitorlar.

II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash.
Ikkita guruhdan o`quvchilar chiqib ushbu jadvalni to`ldiradilar va shu orqali mavzuni takrorlaydilar.
Mosini toping

Daniel Defo

“Makr va muhabbat”

J. Svift

“Faust”

P. Bomarshe

“Gulliverning sayohati”

F. Shiller

“Robinzon Kruzoning hayoti va g`aroyib sarguzashtlari”

I.Gyote

“Insoniy komediya”

Onore de Balzak

“Figaroning uylanishi”

PISA TEST
A B

  1. Yuqoridagi rasmlardan qaysi birida Daniel Defo asari qahramoni tasvirlangan?

A; B; D

  1. Yuqoridagi qaysi rasmda Gyote asari qahramoni tasvirlangan?



A; B

  1. Yuqoridagi qaysi rasmda Jonatan Svift asari qahramoni tasvirlangan?



III. Yangi mavzu bayoni:
O’quvchilar “uzilmas zanjir” usulidan foydalanib reja asosida yangi mavzu yuzasidan fikr aytishadi. Fikrlar tinglanadi. Keyin o’qituvchini o’zi mavzuni tushuntirib xulosa qiladi.
Mavzu rejasi:

  1. Adabiyot;

  2. Yevropaning mashhur musiqachilari.

Bu davrning ko‘zga ko‘ringan m a’rifatchi yozuvchilaridan biri, ingliz yozuvchisi Daniel Defo (1660— 1731) edi. Uning «Robinzon Kruzoning hayoti va g‘aroyib sarguzashtlari» asari ham on sevib o ‘qiladi. Shotlandiyalik dengizchi A. Selkrikning kimsasiz oroldagi 4 yilga yaqin sarguzashtlari yozuvchining qalam ida 28 yillik g‘aroyib
sarguzasht bayoniga aylangan. D. Defoning qahramoni Robinzon Kruzo ishbilarmon, mehnatsevar, o‘z kuchiga ishonuvchi inson. Robinzon kimsasiz orolda tirishqoqlik bilan uy quradi, idish-tovoq tayyorlaydi. Mebel yasaydi, hayvonlarni o‘ziga o ‘rgatadi va ularni ko‘paytiradi. Robinzon boshqalarni ham ishlashga majbur qila oladi. Bunga o‘limdan qutqarib qolingan yovvoyi Jumavoy obrazi misoldir. Robinzon uni o ‘ziga xizm atkor qilib oladi.
Fransuz yozuvchisi P. Bomarshe (1732—1799) m a’rifatasrining so‘nmas vakillaridan biri edi. U mashhur «Figaroning uylanishi» komediyasining muallifidir. Asar qahramoni Figaro chaqqon, yoqimtoy va hazilkash xizmatkor. U «dunyo zo‘rlari»ning kirdikorlarini masxara qilib hazillashadi. Jahldorlardan qo‘rqmaydi. Qashshoq bo‘lsa-da, o‘zining insoniy qadrini sotmaydi.
Yana bir ajoyib yozuvchi F. Shiller (1759—1805) Germaniyada ijod qildi. Bu davrda Germaniya mayda-mayda knyazliklarga bo‘linib ketgan edi. U yozgan pyesalar nemis xalqi uchun o‘ziga xos ma’rifat alifbosi vazifasini o‘tadi. Teatr o‘rindiqlarini to‘ldirib o‘tirgan tomoshabinlar yoqib qolgan qahramonlari bilan birga zulmdan ozod bo‘lishni orzu qilganlar. «Makr va muhabbat» dramasida tomoshabinlar obro‘li, aslzodalarning, aslida esa muttahamlarning ayyorligidan g‘azablanganlar. Bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan qalblarning halokatiga esa achchiq-achchiq yig‘laganlar.
U ning boshqa bir asari qahramoni Karl Moor o‘zi yashayotgan jamiyatning pastkashligiga qarshi urush e’lon qilib bunday deydi: «Menga xuddi o ‘zimdek bir necha jasur o‘g‘lonlarni beringlar va Germaniya Respublika bo‘ladi». Bu davrda yana bir mashhur nemis shoiri I. Gyote (1749— 1832) yashadi va ijod qildi. U o ‘zining «Faust» deb ataluvchi mashhur asarini avlodlarga meros qilib qoldirdi. «Faust» jahon adabiyotidagi shoh asarlardan hisoblanadi. Shoir bu falsafiy asarni 60 yil davomida yaratdi. Asar inson kurashining buyukligini tasdiqlaydi va m a’rifat asrini yakunlaydi.
Onore de Balzak. XIX asrning birinchi yarmida ijod qilgan yozuvchilardan biri fransiyalik Onore de Balzak (1799— 1850) edi. U burjuaziya jam iyatini haqqoniy
tasvirlashda beqiyos yozuvchi bo‘Igan. Balzak o‘z asarlarini «Insoniy komediya»
degan umumiy nom ostida yaratdi.
Bu davrning mashhur musiqachilari: nemis kompozitorlari I. Bax (1685—1750),
V. Motsart (1756-1791) va L. Betxoven (1770-1828)lar edi. Baxning xor, solistlar va orkestr uchun yozgan ulkan asari «Matfey aytgan uqubatlar» deb ataladi. Unda Isoning shogirdi Matfey hikoya qilib bergan Isoning uqubatlari ifoda etiladi. Injildagi rivoyat asosida Bax odam larni qutqarish uchun o‘zini qurbon qilgan qahramon dramasini bayon etadi.


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
b unda o`quvchilar guruh bo`lib klasterni to`ldiradilar va shu orqali yangi mavzuni mustahkamlaydilar.


















MOTSART SHILLER
V. Darsni yakunlash:
1.Guruhlar javobi tinglanadi.
2.Guruhlar to’plagan “rag’bat” kartochkalari to’planadi.
3. O’quvchilar baholanadi.


VI. Uyga vazifa berish:
1. O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.
2. Takrorlash.
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Davlat ta’lim standartlari

  2. I.Karimov “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asari

  3. I.Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas- kuch” asari

  4. 8-sinf “Jahon tarixi darsligi”

  5. 8-sinf “Jahon tarixi” metodikasi

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling