Tabiiyot va geografiya taʼlimida kompetensiyalar
Kommunikativ kompetensiya
Download 139.43 Kb. Pdf ko'rish
|
12-ma\'ruza (1)
Kommunikativ kompetensiya: A2 mustaqil fikrini og‘zaki va yozma tarzda ifoda eta olish, guruhlarda ijodiy tarzda ishlay olish, geografik atama va tayanch so‘zlarni xorijiy tilda aytilishi va yozilishini bilish. A2+ materiklar va okeanlar tabiatiga doir turli manbalardan foydalanib ma’lumotlar topish. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: A2 geografik adabiyotlardan samarali foydalana olish, ular asosida mavzuli axborotlarni tayyorlay olish, ommaviy axborot vositalari hamda Internet-saytlardan geografik mazmunga ega bo‘lgan ma’lumotlarni topish va ularni tahlil qila olish, media-madaniyatga rioya qilish. A2+ Internet-saytlardan geografik mazmunga ega bo‘lgan ma’lumotlarni topish va mavzularga doir qizikarli referatlar tayyorlash. O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: A2 bilimini mustaqil ravishda oshirib borish, o‘qib o‘rganganlarini o‘rtoqlari bilan muhokama qilish; halol va to‘g‘ri so‘z bo‘lish, o‘z xatti-harakatini nazorat qilish, do‘stona tanqidni to‘g‘ri qabul qilish, atrofidagi tabiat manzaralari va madaniy landshaftlarni estetik his etish. A2+ tabiat manzaralari va madaniy landshaftlari o‘zgartirilgan hududlarni manbalardan topa olish. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: A2 maktab, mahallasida olib borilayotgan tadbirlarda maqsad yo‘lida faol ishtirok etish, muomala madaniyatga ega bo‘lish. A2+ Tabiatni muhofaza qilishga oid tadbirlarda o‘z fikrini dadil bayon etish. Milliy va umummadaniy kompetensiya: A2 umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, geografik sayohat va kashfiyotlar tarixini insoniyat tarixining ajralmas qismi sifatida anglash, o‘zgalarning milliy va etnik xususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish. Download 139.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling