Tabiiyot va geografiya taʼlimida kompetensiyalar


-sinf o‘quvchilarida shakllangan fanga oid umumiy kompetensiyalar


Download 139.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/21
Sana31.01.2024
Hajmi139.43 Kb.
#1831449
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Bog'liq
12-ma\'ruza (1)

 
8-sinf o‘quvchilarida shakllangan fanga oid umumiy kompetensiyalar: 
 
Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va 
tushuntirish kompetensiyasi: 
A2 
O‘zbekiston Respublikasining geografik o‘rni, chegaralari, ma’muriy-hududiy tuzilishini 
tushunadi va tavsiflab bera oladi. Yer yuzasi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, iqlimining 
o‘ziga xos xususiyatlarini, ichki suvlari, daryolarining to‘yinishi va rejimi, suv resurslaridan 
qishloq xo‘jaligida va sanoatda, gidroelektrostansiyalarda foydalanish ahamiyatini; tuproq, 
o‘simlik va hayvonot olamining balandlik mintaqalari bo‘yicha tarqalishini; tabiiy geografik 
okruglarga bo‘linishini va ularning geografik o‘rni, tabiatining muhim xususiyatlarini kuzatadi, 
tushunadi va aytib bera oladi.
A2+
o‘z mamlakatini tuproq, o‘simlik va hayvonot olamining balandlik mintaqalari bo‘yicha 
tarqalishini tahlil qila oladi. 
Geografik obyektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi:
A2
O‘zbekistondagi geografik obyektlar, relief shakllari, foydali qazilma konlari, daryolar
ko‘llar, kanal va suv omborlarining nomlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
A2+


o‘z mamlakatidagi joy nomlari kelib chiqishini va lug’aviy ma’nosini aytib bera oladi. 
 
Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi: 
A2 
globus va tabiiy, siyosiy-ma’muriy xaritalardan foydalanib, O‘zbekistonning geografik 
o‘rni, chekka nuqtalari va ularning geografik koordinatalarini, davlat chegaralarini va poytaxtlarini 
aniqlaydi va ko‘rsata oladi. Mamlakatning ma’muriy-hududiy bo‘linishini yozuvsiz xaritaga 
tushira oladi.
A2+
xaritalardan foydalanib, o‘z o‘lkasining iqlimiga, suv resurslariga, tuproq, o‘simlik va 
hayvonot dunyosini tavsif bera oladi va yozuvsiz xaritaga tushira oladi.

Download 139.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling