O‘rta
Osiyo davlatlari, ularning poytaxtlari nomlarini to‘g‘ri ayta va yoza oladi. Foydali
qazilma konlarining nomlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi. O‘lka iqlimiga ta’sir etuvchi siklon va
antisiklonlarning,
daryolar, ko‘llar, kanal va suv omborlarining nomlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
A2+
o‘zi yashaydigan (viloyat (shahar), tuman, qishloq, mahallasi)dagi joy nomlarini toponimini
ayta oladi.
Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi:
A2
Globus va tabiiy, siyosiy-ma’muriy xaritalardan foydalanib, O‘rta Osiyo geografik o‘rni,
chekka nuqtalari va ularning geografik koordinatalarini davlat chegaralarini
va poytaxtlarini
aniqlaydi va ko‘rsata oladi. Kartografik andozalar turlarini biladi va farqlay oladi. Xaritalarning
tasniflanishi tushunadi va tushuntira oladi; topografik xaritalarning mazmuni,
ularda relyefni
tasvirlash usullari, ular yordamida orientirlash tartibi haqida biladi va ularni tushuntira oladi. Atlas
va xarita masshtablaridan foydalanib, geografik obyektlar orasidagi masofani, iqlim (joylardagi
havo harorati, yog‘inlarni taqsimlanishini), tuproq, o‘simlik va
zoogeografik xaritalarining
mazmun-mohiyatini
tushunadi, aniqlaydi va yozuvsiz xaritaga tushira oladi. xaritalarining
mazmun-mohiyatini tushunadi, ularni yozuvsiz xaritalarda aks ettira oladi.
A2+
o‘z hududini (joylardagi havo harorati, yog‘inlarning taqsimlanishini), tuproq, o‘simlik
qoplamini aiqlay oladi va tahlil qiladi.
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi:
A2
insonning relyefga va joyning seysmikligiga (joylardagi zilzilalar misolida) antropogen
zilzilalarning kelib chiqish omillarini anglaydi. Insonning suvdan to‘g‘ri foydalanmaslik oqibatida
kelib
chiqayotgan salbiy oqibatlarni, jumladan, Orol fojiasining kelib chiqish sabablarini, suv
tanqisligi va uning aholi turmush tarziga ta’sirini anglab yetadi va o‘z fikrini ayta oladi.
A2+
insonning suv, o‘simlik va hayvonot olamiga ko‘rsatadigan ta’sirining salbiy oqibatlarini va
uni oldini olish maqsadida olib borilayotgan tabiatni muhofaza qilish
va ekologik tadbirlarida
ishtirok eta oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: