Samarqand viloyati pedagoglarni yangi


 Multimedia tushunchasi, mediadarsni tashkil etish usullari, taqdimotlar yaratish


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/120
Sana23.11.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1795947
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   120
Bog'liq
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANI OʻQITUVCHILARINI ISHLABCHIQARISHDAN

5.2. Multimedia tushunchasi, mediadarsni tashkil etish usullari, taqdimotlar yaratish 
va taqdimotlar yaratishga qoʻyiladigan talablar.
Multimedia - kompyuter tizimida matn, tovush, videotasvir, grafik tasvirlarni va turli 
(multiplikatsiya) animatsiyalarni mujassamlantirish imkonini beruvchi zamonaviy kompyuter 
axborotlari texnologiyasidir. Multimedia - kompyuterga matn, tovush, videotasvir, grafik 
tasvirlarni va turli (multiplikatsiya) animatsiyalarni kiritish, chiqarish, qayta ishlash, saqlash, 
uzatib berish texnologiyalari koʻpaytmasidir. Multimedia — bu interaktiv tizim boʻlib, matn, 
tovush, videotasvir, grafik tasvirlarni, videoni qoʻzgʻalmas harakatini turli (multiplikatsiya) 
animatsiyalar orqali jonlantirish, ovozini kuchaytiruvchi vositadir. 
Mulʻtimedia bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, 
matn, grafika va animatsiya effektlari asosida oʻquv materiallarini oʻquvchil arga etkazib 
berishni mujassamlangan holdagi koʻrinishidir. Mulʻtimediya (mulʻtimediya - koʻp muhitlilik) – 
bu kompʻyuter texnologiyasining turli xil fizik koʻrinishiga ega boʻlgan (matn, grafika, rasm, 
tovush, animatsiya, video) va turli xil tashuvchil arda mavjud boʻlgan (magnit va optik disklar, 
audio va video lentalar) axborotdan foydalanish bilan bogʻliq sohasidir. Mulʻtimediya - 
kompʻyuterda axborotning turli xil koʻrinishlari: rangli grafika, matn va grafikda dinamik 
effektlar, ovozlarning chiqishi va sintezlangan musiqalar, annimatsiya, shuningdek toʻlaqonli 
videokliplar hamda videofilʻmlar bilan ishlashdir. 
Multimediaga displey ekranidagi ovoz effekti orqali qoʻzgʻalmas tasvir va ovoz orqali 
grafik tasvir harakatlanuvchi tasvir animatsiyalari kiradi. Multimedia tizmining paydo boʻlishi
taʻlim tizimida, sanʻat, kompyuter treninglar, kompyuter oʻyinlari, oʻtkazishda juda katta 
oʻzgarishlar olib kirdi. Bundan tashqari zamonaviy multimediya texnologiyalari yordamida 
video filmlarga ovozlar qoʻshib montaj qilish imkoniyatlari ham mavjud. Zamonaviy 
multimediya texnologiyalaridan foydalanish oʻqituvchining pedagogik mahoratini, texnologik 
imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling