Samarqand viloyati pedagoglarni yangi
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANI OʻQITUVCHILARINI ISHLABCHIQARISHDAN
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-AMALIY MASHGʻULOT AMALIY MASHG‘ULOT MAVZUSI: Davlat va huquq asoslari fanni oʻqitishda elektron darsliklardan foydalanish.
- Tayanch iboralar
Nazorat savollari:
1.Umumlashtiruvchi dars deganda nimani tushunasiz? 2.Darsning psixologik asoslari nima? 3.Darsning didaktik asoslari haqida gapiring. 4.Davlat va huquq asoslari fanini darsining qanday xususiyatlarini bilasiz? 5.Dars kuzatuvchining majburiyatlari nimadan iborat? 6.Darsda qanday maqsadlar qoʻyiladi? 7.Dars bosqichlari haqida gapiring. 8.Oʻqituvchiga qanday talablar qoʻyiladi? 9.Zamonaviy darsga qanday talablar qoʻyilgan? 10. Ochiq dars oʻtkazishga qanday talablar qoʻyilgan? 5-AMALIY MASHGʻULOT AMALIY MASHG‘ULOT MAVZUSI: Davlat va huquq asoslari fanni oʻqitishda elektron darsliklardan foydalanish. (2 soat amaliy mashgʻulot) 81 5.1. Davlat va huquq asoslari fanida axborot kommunikasiya texnologiyalardan foydalanish. 5.2. Multimedia tushunchasi, mediadarsni tashkil etish usullari, taqdimotlar yaratish va taqdimotlar yaratishga qoʻyiladigan talablar. 5.3. Elektron darslik tushunchasi va Davlat va huquq asoslari fanidan yaratilgan elektron darsliklar va dars jarayonida ulardan foydalanish. Tayanch iboralar: maʻruza, seminar, amaliyot, trening, ochiq mashgʻulot, kuzatish, tahlil qilish. 5.1. Davlat va huquq asoslari fanida axborot kommunikasiya texnologiyalardan foydalanish. Barcha fanlarni, jumladan Davlat va huquq asoslari fanini oʻqitishda interfaol usul va metodlarni qoʻllash katta ahamiyatga ega. Boshqacha qilib aytganda zerikarli darslar oʻrniga darslarda, zamonaviy pedagogik texnologiya va innovatsiyalar asosida tashkil etish oʻqituvchil ar uchun qiziqarlidir. Shuning uchun oʻquv-tarbiyaviy jarayonni ilgʻor pedagogik texnologiyalar bilan taʻminlash muhim ahamiyat kasb etadi. Xoʻsh, pedagogik texnologiya oʻzi nima? Uni amaliyotga qanday joriy qilish mumkin? Bu tushuncha XX asrda paydo boʻldi va 1940-1950 yillarda «taʻlim texnologiyasi» tarzida qoʻllanilib, mazmunan oʻquv jarayonida audio texnika vositalaridan foydalanishni anglatuvchi atama sifatida dastlab AQSHda qoʻllana boshladi. Keyinchalik “taʻlim texnologiyasi” oʻrniga “dasturlashtirilgan taʻlim” atamasidan foydalanish keng yoyila boshlagandan soʻng pedagogik texnologiya - loyihalashtirilgan taʻlim va aniq maqsadga qaratilgan oʻquv jarayonini ifoda eta boshladi. XX asrning 80-yillarida mushbu atama pedagogik texnologiya kompyuterli va axborot texnologiyalari bilan sinonim tarzda ishlatila boshladi. “Texnologiya” soʻzi fanga 1872-yilda kirib keldi. Manbalarda taʻkidlanganidek, “texnologiya” atamasi grekcha ikki soʻzdan – “texnos”- hunar va “logos”- fan soʻzlaridan tashkil topib, «hunar fani» maʻnosini anglatadi. Biroq bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonni toʻliq tavsiflab bera olmaydi. Chunki, texnologik jarayon deyilganda – mehnat qurollari bilan mehnat vositalariga taʻsir etish natijasida mahsulot yaratish boʻyicha qilingan mehnat va jarayonlar tushuniladi. Pedagogik texnologiya – bu oʻqituvchi tomonidan oʻqitish vositalari yordamida oʻquvchil arga taʻsir koʻrsatish orqali ularda muayyan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni, deb taʻriflash xato boʻlmaydi. Pedagogik nashrlarda “texnologiya” atamasining, “oʻqitish texnologiyasi”, “oʻquv jarayoni texnologiyasi”, “maʻlumot texnologiyasi” kabi xilma-xil nomlar bilan ucratish mumkin. Shunday ekan, pedagogik texnologiya – bu oʻqituvchil arning oʻqitish vositalari yordamida oʻquvchil arga muayyan sharoitda taʻsir koʻrsatish yoki aks taʻsir mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxsiy sifatlarining shakllanishini kafolatlaydigan jarayondir. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling