Samarqand viloyati pedagoglarni yangi


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/120
Sana23.11.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1795947
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   120
Bog'liq
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANI OʻQITUVCHILARINI ISHLABCHIQARISHDAN

Loyihalash metodi- pedagogikaning pragmatik yoʻnalishiga asoslangan holda, taʻlim 
jarayonida oʻquvchil arga beriladigan amaliy topshiriqlarni loyihalash va ularni oʻquvchil arning 
bajarishlari jarayonida bilim va koʻnikmalarni namoyon qilishlarini taʻminlovchi taʻlim shakli 
(Pedagogik atamalar lugʻati R.X.Djuraev, Oʻ.Q.Tolipov, R.Gʻ. Safarova, X.O. Toʻraqulov, 


75 
M.E.Inoyatova, M.S.Divanova. Qori Niyoziy nomidagi Oʻzbekiston Pedagogika fanlari ilmiy 
tadqiqot instituti -2008)  
Loyihalash – boshlangʻich maʻlumotlarga asoslanib, kutiladigan natijani taxmin qilish, 
bashoratlash, rejalashtirish orqali faoliyat yoki jarayon mazmunini ishlab chiqishga qaratilgan 
amaliy harakat. 
Loyihalash “gʻoya – maqsad – kutiladigan natija – taxmin qilish – bashoratlash – 
rejalashtirish” tizimiga asoslanadi. Loyihalash turli vositalar, yaʻni moddiy buyum, qurollar, m: 
kompyuter texnologiyasi, vatmon yoki oddiy ish qogʻozi, chizgʻich, qalam, marker, nusxa 
koʻchirish apparati (printer) va b. yordamida amalga oshiriladi. 
Loyihani yaratish uchun pedagog: 
- loyihani yaratish; 
- jarayonni bosqichma-bosqich yoritish; 
- maqsadni aniq belgilash
- maqsadga mos vazifalarni aniqlash; 
- oʻquv materiali mazmunini shakllantirish; 
- savol va topshiriqlar tizimini ishlab chiqish; 
- jarayon yoki tadbirning metodik tuzilishini asoslash
- oʻquvchi bilim darajasini tashxislash va uning tarbiyalanganlik darajasini baholash kabi 
koʻnikma va malakalarga ega boʻlishi zarur. 
 Taʻlim jarayonini loyihalash – alohida olingan taʻlim jarayonini samarali tashkil etish 
uchun barcha omillarni inobatga olgan holda uning loyihasi (sxemasi)ni ishlab chiqish. 
Taʻlim jarayonini loyihalash qonuniyatlari va tamoyillari: 
Pedagogik amaliyot mohiyatini tahlil etish natijasida taʻlim jarayonini loyihalashning bir 
necha qonuniyatlari ajratiladi, chunonchi: 
1) taʻlim jarayonini loyihalash samaradorligi barcha tarkibiy qismlar (texnologik jarayon, 
texnologik jarayonni boshqarish, vosita, axborot, ijtimoiy-iqtisoiy taʻminot)ning loyihada 
maqsadga muvofiq yoritilishi bilan taʻminlanadi; 
2) taʻlimning texnologik vositalari oʻquvchil arning individual xususiyatlariga bogʻliq 
holda tanlanadi
3) loyihalash strategiyalari pedagogning individual uslubiga muvofiq tanlanadi; 
4) loyihalash sifati teskari aloqa (pedagog va oʻquvchi oʻrtasidagi) koʻlami, loyihalash 
mazmuni hamda barcha omillar samaradorligiga bogʻliq. 
Uzluksiz taʻlim tizimining barcha turlarida taʻlim jarayonini loyihalashda bir qator 
tamoyillarga tayaniladi. Ayni oʻrinda dastlab tamoyil tushunchasining mohiyatini anglab olish 
zarur. 
Tamoyil (latincha principium-boshlangʻich asos)- muayyan nazariya, fan, dunyoqarash, 
ijtimoiy-siyosiy tuzilma va hakazolarning asosiy boshlangʻich holati maʻnosini anglatadi. 

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling